Maktabimizda Malika ismli go'zaaal latofatli xushro'y qiz bor. Ollox unga shu qadar bir chiroy bergan ediki, inson unga tikilib diqqatini uzolmasdi. O'z o'rnida uning ketidan yuguradigan yigitlarning sanog'i yo'q edi, u esa ularning hech biriga parvo qilmagan. Men esa oddiy bir oilaning oddiy bir farzandiman, men Malikani ortidan yuradigan yigitlardek boy badavlat oilaning farzandi bo'lmasamda, ammo unga nisbatan menda iliq tuyg'ular bo'lardi. Har safar unga qaraganimda hayollarim be'payonot o'lkalarga ketib qolar edi... O'zimni boshqara olmasdim, tanamning.. teparoooq.. chap tarafida.. bir og'riqni his qilardim... Menimcha bu sevgi bo'lsa kerak... Ammo u menga qarab qolganida barchasi to'xtab qolgandek bo'lardi, o'zimni noqulay his qilardim, meni qandaydir bir savlat bosardi... Maktabning eeng oldi, ko'zga ko'ringan yigitlarning rad javobini berganidan so'ng, menda unga bo'lgan his tuyg'ularimni aytishga hech qanday kuch ham xohishim ham yo'q edi. Shunday bo'lsa-da men undan umid qilishda davom etardim.
..........Yillar ketidan yillar o'tib mana maktabni ham tugatib olibmiz. Tugatar chog' bitiruv oqshomida raqs tushish uchun hamma o'ziga sherik qidirardi. Har doyimgidek Malika ko'plab yigitlarning javobini berardi, ko'plab yigitlarga armon bo'lib qolgandi. Malika o'z o'rnida esli xushli hamda aqlli qiz edi. Maktabda shuncha o'qiganimga qaramasdan, uni biror martta maktabning burchaklarida biron bir yigit bilan ko'rmaganman, yoki kimningdir sevgi izhoriga iliq munosabat bilan javob qaytarganini eshitmaganman.
..........Hullas bitiruv oqshomida bo'ladigan tadbirlar ham hammasi aniq bo'ldi, barchaga scennariylar bo'lib berildi, men esa boshlovchilik qilishni o'z zimmamga oldim. Chunki Malikaga birga raqs tushish taklifini berganimda uning javobi aniq "Yo'q"degan javob bo'lardi..
.......... Xonamda scennariy o'qib mashq qilar ekanman, nogahon eshik taqilladi. Ochib qarasam Malikaning yaqin dugonasi Humora turardi.
- Salom! Qalesiz?
- Yaxshi raxmat marhamat kiring.
- Yo'q raxmat meni sizda ishim bor edi.
- Hop, qanday xizmat?
- Maktab gulzori yonida Malika sizni kutyapti, uni sizda gapi bor ekan.
..........Yuragim birdan qaynab ketdi, tilim aylanmay qoldi. m-m-men o'z fikrlarimni bildirolmay qoldim... Ammo... "Bo'lin tez tez nima qilyapsiz?" Degan gaplar hayolimni bir joyga jamlashga yordam berdi, va men Humorani ortidan ergashdim.
Malika yerga qarab tikilib turardi, men uning yoniga bordim, lom-mim deya olmadim. U esa mendagi hayajonni sezib turardi va chuqur "uff" tortib u menga,,,
- Bezbetlarcha chaqirtirganim uchun albatta uzur so'rayman, shuncha yil maktabda o'qib ko'plab insonlarni sevgi izhorlariga rad javobimni berganman, m-mana-a bitiruv oqshomi uchun ham ko'plab insonlardan takliflar kelib tushdi, lekin ko'nglimga manzur keladigani yo'qligi uchun ularga ham rad javobini berdim. Qiz bola boshim bilan oldingizga keldim, va sizga birga raqs tushish taklifini bermoq-chi-maaan. Lekin iltimos noto'g'ri ma'noda tushunmang, to'g'ridan to'g'ri ma'noda tushunishga harakat qiling.. dedi u yerga qarab... Men esa hayajon bilan,
- H-a xh-Ha o'-o'ylab ko'raman...dedim.
Uning ko'zlari katta-katta bo'lib ochilib ketdi, u menga "hayrooon" bo'lib qaradi. Humora esa:
- Aqlingiz joyidami? Nimasini o'ylesiz? Shunday qiz sizga taklif beryapti-ku? rozi bo'lavering! dedi.
Men nimalar deb qo'yganimni darhol tushunib yetdim va
- H-a-Hhazillashdim, m-men roziman dedim.
Hullas biz keyin tarqaldik, meni shu kuni ko'zimga umuman uyqu kelmadi, hayotda mendan-da baxtli inson yo'q edi.
Bitiruv oqshomiga salkam bir hafta bor, ertasigayoq vaqtinchalik ish qidirib topib pul yig'a boshladim. Men bitiruv oqshomiga, unga alohida bir ajoyib syurpriz tayorlab qo'ygandim
..........Bitiruv oqshomi ham ajoyib tarzda o'tdi. Barcha yigitlarning ko'zi deyarli bizda bo'ldi. "Ular hasad olovida yonar edilar", men esa baxtiyor edim. Men ko'zlarimni undan uzmasdim, uning ham ko'zlari menga tushardi va yuzlari qizarib diqqatini boshqa joyga burardi.....
Raqs musiqasi ham to'xtadi. Hamma bir birga qarsak chalardi, shunda men hozir kelaman deya ortimga o'girildim. Sinfda Shkafni ichiga berkitib qo'ygan katta bir buketni oldim, 303 dona qizil atirgul bilan bezatilgan kaaatta bir guldastani uning qo'llariga berdim. Barcha hayron qoldi... U esa hayron bo'lib menga tikilib turardi, men esa biroz egildim va gullarni uning qo'llariga tutqazdim, va past ovozda.
*Sani qanchalar sog'inganim, bilsang eding...
*Vaslinga qanchalar zor bo'ldim sevsang eding...
*Mandan baxtli inson yo'q, bu dunyoda...
*Sanga bo'lgan pok hislarim sezsang eding...
Baarcha birdek qarsak chalib yubordi, barcha hayratda qoldi. Oqshom tugaguniga qadar barchaning suhbat mavzusi biz haqimizda bo'ldi. Hullas maktabni ham bitirdik....
........Men oliy o'quv yurtiga o'qishga topshirdim, ammo imtixon natijalari ijobiy chiqmadi, va Armiyaga ketishga qaror qildim. Ketishimdan oldin esa, Malikaning dugonasiga bizni uchrashtirishini iltimos qildim, va bunga erishdim.
Uchrashuvga chiqqach esa meni biroz muddat tilim aylanmay qoldi, va ortiq bunday cho'zish kerak emasligini darhol unga hislarimni aytishim keral ekanligini aytdim ichimdagi boorliq gaplarni hammasini unga to'kib sochdim.. Men unga nisbatan hislarim pokligini, hech qanday bir aldov yolg'on yoki g'arazli niyatim yo'qligini iloji boricha to'g'ri tushuntirishga harakat qilardim.. U esa indamasdan "Armiyadan kelishingizni kutaman, keyin maslahatlashamiz" dedi. Bu aslida mening sevgimga bo'lgan "ijobiy" javob edi. Shu asnoda men Armiyaga ketdim.
************************************
2 yillik Armiyada tun-u kun hayolim faqat unda bo'ldi, oila a'zolarimga bir oyda bir martta xat yozsam Malikaga 4 to'rt martta yozardim. Undan esa 3 oyda bir martta konvert kelardi. Konvert ichida uning rasmi, ortida esa "Raxmat sizga! O'zingizni ehtiyot qiling" degan so'zlar bo'lardi. Men bu rasmni olib kechalari bilan unga tikilib chiqardim. Ikki yil men uchun, ikki yuz yildek juda ham sekin o'tdi. Ayniqsa qasamyodimizga qolgan so'nggi uch oy, men uchun soat, vaqt to'xtab qolgandek edi. Ming shukurlar bo'lsinki men Vatan oldidegi vazifamni bajarib, uyimga qaytdim. Kelishim bilanoq uni uyiga sovchi yubordim, uning ham ota-onasi tushungan insonlar bo'kishganligi uchun bizning sevgimizga to'sqinlik qilishmadi. Oddiygina ixchamgina qilib bir to'y qildik. "BIZDANDA BAXTLIROQ INSONLAR YO'Q EDI"
Hayotimiz davomida bir birimizga suyanib bir birimizga shu qadar mehr qo'yib qo'llab quvvatladikki, el og'ziga tushganda barcha bizga birdek havas qilardi, barchaga birdek muomilada bo'lishga harakat qilardik va shunga intilardik. Men aniq bilaman turmushimiz davomida hech kimga qo'pol gapirmadik, hech kimni dilini og'ritmadik, har doyim esa o'zaro kelishuv asosida murosa qilib hayot kechirardik.
Kunlarning birida...
"Unutilmas lahzalar"
Mana bugun 15-iyun uning tavallud ayyomi. Kechirasiz uning debman... "Mening umr yo'ldoshim, borlig'im, jufti halolim" Malikamning tavallud ayyomi edi.
Erta tongdan unga sovg'a hozirlashga kirishdim, huddi maktab davrlari bitiruv oqshomida 303 dona qizil atirgulli buket tayyorlagandek, bu safar 303 dona oq atirgullardan buket tayorlattirdim. Uyga olib kelib Malika ko'rmasligi uchun xonamizga derazadan gulni kirgazib ichkaridan kirib berkitib qo'ydim.
...........Mana kechga borib Honadinimzda butun oilamiz davrasida, va albatta Malikaning ham oilasi ishtiroki bilan birgalikda bayramni ajoyib tarzda nishonladik.
Mana bayram ham nihoyasiga yetdi mehmonlarni kuzatib qo'yganimizdan so'ng men xonamizga yo'l oldim, Malika esa stolni yig'ishtirib, hullas hamma yoqni saramjon qilib kirishini aytdi.
Avvalgidek sovg'ani xonamizdagi Shkaf ichiga berkitib qo'ygandim, eshikni hiyol ochib mo'ralab qaragandim, Malika ishlarini tamomlab bo'libdi chog'i xonamiz tomon yaqinlashayotganini ko'rib tezda shkafdagi sovg'ani oldimda eshik ro'parasiga kelib turdim,
Eshikni ochgan zahoti
- Tug'ilgan kuning bilan tabriklayman Azizam! Yana 100 bahorni ko'rishingni tilab qolaman, mana-shu gullardek doyim ochilib yurgin. Sen men uchun judayam qadrlisan, yuragimni yarim bo'shlig'i o'zingsan, uni sendan o'zgasi aslo to'ldirolmaydi, Men faqat sendek Malikam borligi uchun o'zimni Qiroldek his qilaman. Yana bir bor tug'ilgan kuning bilan tabriklayman!
Deb biroz egilib oq atirgulli buketni unga uzatdim. Shunda Malika
- Ajoyib sovg'a va tilaklaringiz uchun raxmat begim, f-faqat... bir narsa yodingizdan k-ko'tarildi....
- Nima ekan? Hayron bo'lib so'radim men...
- H-haligi meni sehrab qo'ygan, yuragimni tub tubiga yetib borgan sherchi jinnivoy.
Ikki yuzi qizarib goh menga, goh yerga qarardi...
Esim qursin nahotki shu sherni unutgan bo'lsam deya o'zimni koyidim, ichimda o'ylardim dilimdagi gaplarni 4 qator sher tarzida unga yetkazgan edim, unga chindan ham yoqqan ekan-da deya hayollar og'ushiga cho'mdim, meni hayollarimni esa Malikaning "Qxm-qxm" deya tomoq qirishi diqqatimni bir joyga jamladi. Shunda men huddi romantik kinolardagi kadrladek chap tizzamni yerga qo'yib, halolimning o'ng qo'lini ikki qo'lim bilan ushladimda sherni boshladim....
*Sani qanchalar sog'inganim, bilsang eding...
*Vaslinga qanchalar zor bo'ldim sevsang eding...
*Mandan baxtli inson yo'q, bu dunyoda...
*Sanga bo'lgan pok hislarim sezsang eding...
Sherni tugatar ekanman, Malikamning yuzida mayin tabassum ila,
*Sog'inganim, doyim endi yonizdaman....
*Vaslim nedur, bor budimla siznikiman....
*Bizdan baxtli bormu o'zi dunyoda....
*Pok hislariz shaydosiman, adosiman....
Deya yelkamga boshini qo'ydi...
Ushbu damda men o'zimga sig'mas edim, hozirgina Malikaning menga aytgan sheri shu qadar qalbimga oldingidan ham iliqlik bilan kirib keldiki u holatimni so'zlar yordamida ta'riflab berolmasam kerak... Qarshimda turgan go'zal ayolimga qarab, o'zidan o'zi dilimda paydo bo'lgan so'zlar tilimga chiqa boshladi.Bilasanmi sen shunchaki bir go’zal emas, tog’ kiyikidek jozibadorsan . Sening qaddi qomating, tim qora sochlaring, mohir rassom mo’yqalami sayqal topgan durdek tiniq nozik yuzing, majnuntol bargidek nihol – nihol qoshlaring, bir – biri bilan husun talashib turgan kipriklaring. Endigina ochilgan lola rangidek tovlanib turgan lablaring meni senga yanada yaqinroq bo’lishga, hozirgidanda yaqinroq bo'lib shu lablaringdan to'yguncha bo’sa olishga yetaklaydi doyim... deya lablariga labimni bosar ekanman, ichimda "dunyoda bundanda totli ta'm bormikan yana hech" kabi o'y-fikr hayollar ummoniga g'arq bo'laman... ustidagi atlasdan tikilgan qomatiga mos kiyimlari o'ziga judayam yarashgan uni har bir nigohini qurboniman.... Lablaridan o'pa turib belidan qattiq o'zimga tortdim, u qo'llarini yelkamdan o'tkazib olgandi, uni shartta ko'tardimda spalniyga yotqizdim....
(Uyog'i hammangiz o'ylagan narsa) hayotimiz shunday asaldan ham totli lahzalar va miyani qaytadan programmalashtirsa ham o'chmaydigan shirin onlar ila o'tardi....
******************************************
Ammo sevgi bilan uydagi ro'zg'orni butligini ta'minlash mushkul. Ayolim ro'zg'ordagi kamchiliklarni menga sezdirmasada bu yaqqol ko'zga tashlanib turardi. Ha demay ukam ham oilali bo'ladi, barchamiz bir uyda siqilib qolardik. Men Rossiyaga ketishga qaror qildim, Ayolimni tashlab o'zim Rossiyaga ketdim, qurilishga ishga kirdim. Sutkada 24 soat bo'lsa, uni 16 soati ish bilan, qolgan 8 soatidan 6 soatini men u bilan gaplashib o'tkazardim. Uning suhbatiga hecham to'ymasdim, uni judayam sog'ingandim. Ayrim kunlari charchab uhlab qolib, u bilan gaplasholmay qolsam kunim juda ham og'ir bo'lardi, o'zimda katta bir bosim his qilardim. U bilan gaplashgan kunlarim esa uning menga bergan daldasi, uydagi barcha holatlarning mustabilligi, oila a'zolarimning yaxshiligi menga taskin berardi, men g'oyibdan bir kuch his qilardim. Hullas bir yarim yil Rossiyada ishlab men uyga qaytdim, kelishim bilan darxol uy ko'tarish taraddudini ko'rdik. Men imkon qadar chetdan yordam olmay shaxsiy uyimni barpo qilishga harakat qilardim. Bunda esa Malika menga kattadan katta yordam berdi. U men bilan teng-ma teng ishlardi, men bilan birga ovqatlanardi, hattoki g'ishtlarni men bilan birga qo'shilib taxlardi, men uni qiynalgalishini istamasam ham qaysarlik qilib menga yordam berishi shart ekanligini ta'kidlardi. Bundan esa unga nisbatan sevgim mehrim yana ham kuchayardi.....
............Ming azobi qiyinchiliklar bilan uyimizni ko'tarishga erishdik. Ana endi o'zimizning shaxsiy uyimiz bor ro'zg'orimiz ham alohida bo'ldi... Biz o'zimizda yo'q baxtiyor edik....
Orada olti oy men yana Rossiyaga borib keldim, yana huddi shu holat takrorlandi.Kunduzi ishda, kechasi Malika bilan qo'ng'irdaman....
Kelishim bilanoq darrov ukamni uyli joyli qildik, bu orada ayolim ham homilador bo'ldi, va biroz muddatdan so'ng u menga sog'lom bir farzandi sovg'a qildi. Turmushimizning 4-yilida farzandli bo'lishga muvaffaq bo'ldik. To'g'ri hayotimizning to'rt yillari asosiy kunlari meni musofirchilikda yurishim bilan o'tdi. Shunga qaramasdan honadonimda o'z oilam bilan bo'lgan vaqtimda, biron marta baland ovozi chiqmadi yoki biron bir ko'ngilsiz hodisalar bo'lmadi. Buning barchasi ayolimning oqilona hatti harakatlaridan edi. O'rtancha ukamni oilali qilganimizdan so'ng, kenja ukamni ham to'yiga taraddud ko'ra boshladik. Shu payt Malika uyimizni o'rtancha ukamizga berishimizni o'zimiz esa boshqa uyga ko'chib o'tishni maslahat berdi....Men o'zimda yo'q bag'oyat hursand bo'ldim.... Inson o'zi yashab turgan honadonini boshqa bir insonga tortiq qilish uchun, yuragi "Okean"chalik keng bo'lishi kerak........Men uning hu taklifini ma'qulladim. Rossiyadagi holat yana takrorlandi. Kunduzi ish kechasi esa, diydor ohangli suhbatlar....
Bu yerda ishlayotganimga to'qqiz oy bo'lib qoldi, ne sabab bo'libdiki men bilmayman Malika menga bir haftadan buyon qo'ng'iroq qilmay qo'ydi.... bu yerga kelganimda orada shunday vaziyatlar bo'lib turardi, uzog'i bilan uch kun aloqaga chiqmas edi, men sal-pal ko'nikib qolgan edim....Ammo....bir hafta menda shubhali bo'ldi.
Kunlarning birida telefonimga notanish bir raqam qo'ng'iroq qildi... Yuragim biroz hijr torti...tomiri uzilgandek og'riq berdi... "Aloo! " deya go'shakni ko'tardim. Notanish bir inson darhol yetib kelishimni, Malikaning betob ekanligini xabar berdi. Men shu yerning o'zidayoq ishimni tashladim, va Aviakassaga borib vatanimga to'g'ridan to'g'ri bilet sotib oldim... va yetib keldim. Uyga kirishim bilanoq sumkalarimni tashladim, va aytilgan shifoxonaga Ankalogiya markaziga bordim.... Ust boshim kir, yuragim be'tob, hayollarim..turli bir burchaklarda sang'ib yurar....oyoqlarim esa to'g'ri uning palatasiga olib bordi...
U meni ko'rishi bilanoq yig'lab yubordi....men uni deyarli tanimaya ham qolgandim, "Uning ko'zlari ko'kargan qo'llarida g'alati bir dog'lar... uning ahvoli bir ahvol...oldingi Malikamdan asar ham qolmagan edi... unga rahmim kelib ketdi... men hayron bo'ldim..." U o'zining betobligini ma'lum vaqtdan buyon mendan berkitgan ekan, hayron bo’ldim.... "Nega menga avvalroq xabar bermading?" degan savolimga u tayinli javob ham bermadi....
- Bilasizmi nima uchun sizni aynan bugun chaqirdim?
- N-nima uchun j-jonim.
- Chunki Azroyil jonimni olishga kelganda men unga yalindim... "Begimni ko'rganimdan so'ngina meni jonimni ol" mana salkam bir haftadan buyon men hastaman, hayot va o'lim arosatida qiynalib ketdim... sizni bir bor ko'rish uchun, ishingizdan bezovta qilishimga to'gzri keldi, buning uchun meni kechiring...
- N-nima-lar ddeyapsan, q-qanday hayot-mamot..?! Sen albatta sog'ayib ketasan! Men hozirgina doktor bilan gaplashdim, sog'ayib ketish koefisenting yuqori ekan!
- Jinnivoy... hecham aldash sizni qo'lingizdan kelmagan, meni kunim bitib boryapti, men buni judayam yaxshi bilaman.... Ammo hozir turli xil gaplar bilan sizni yuragizni siqish niyatim yo'q...
Uning qiynalib gapirayotganda mening ko'zlarim yoshga to'lib ketdi, o'zimni tutib turolmadim, qo'llarini ushladim va "iltimos bunday gaplarni gapirma sen albatta tuzalib ketasan" deb taskin berardim.. Bu esa zarracha yordam bermasdi, men o'zim aytayotgan gaplarga o'zim ishonmasdim...... u esa jimgina menga qarab yotardi, tinmay chanqardi, men har ikki gapini birida unga suv uzatardim.... va u oxiri gapini yakunladi...
"Men turmushimiz davomidi sizga biror marta amalda ham hayolda ham hiyonat qilmaganman, doyim sizni qo'llab quvvatlaganman, sizga biror martta qarshi chiqmaganman, Siz orzu qilgandek jufti halol bo'lishga harakat qildim... Agar mendan biror kamchilik yoki xatoliklar o'tgan bo'lsa meni kechirishingizni iltimos qilaman..."
- Sizdan birgina iltimosim bor, m-me-ni b-bi...
- N-nima a-aytaver....
- Mening vafotimdan so'ng, qizalog'imiz o'gay onaning qo'lida qolib ketmasin........men osmonlardan turib sizlarni kuzatib turaman..............farzandimiz qiynalayotganini ko'rsam men azob chekaman....... .......iltimos unga o'zingiz g'amxo'rlik qiling......dedi...
- Unday d-de-ma, u-nga o'zimiz b-bir-birga g'amxo'rlik qilamiz, iltimos bunday dema Malika... meni qiynama men sensiz yasholmayman bilasan-ku?!...
- Afsuski m-mensizlikka ko'nikishingizga to'g'ri k-keladi... "Begim.... iltimos s-so'nggi bora aytib b-bering...."
- Nima uchun so'ngi bora bo'lar ekan, men hali ko'p aytib beraman senga u sherni.... bo'ldi endi boshqa chet elga ishlagani ketmayman... doyim sizlar bilan bo'laman...farzandimizni birga katta qilamiz... Bo'ldi endi seni tashlab ketmayman....doyim yoningda b-bo'laman....
- Iltimooos.. aytib bering...
Meni sovuq ter bosardi, hech bir narsaga jur'atim yetmay qoldi, tilim esa zo'rg'a aylanardi.. men boor kuchimni yig'ib unga sevgan sherini aytib berishga harakat qilardim...
"Seni qannnchalar sog'inganim bilsang eding"...................................
..............................."Senga bo'lgan pok hislarim ss-ezsa....."
"Malika? Malika.. Malikaaa...."
U menga tikiliiib turardi, ko'zlarida billurdek tovlangan yoshlari qalqidi...va boshqa ko'zlarini yummadi....qo'llarimni siqib turgan qo'llari birozgina bo'shashib qoldi. Men... men bunga ishonmasdim. Men unga tinmasdan baqirardim, "iltimos meni tashlab ketma" derdim... shu payt orqamda palatada yotgan inson "ko'rmayapsanmi.. u allaqachon sen bilan vidolashib bo'ldi..." dedi.........^^
Hayotim davomida hech nimaga afsus qilmaganman, hech nima menga og'ir botmagan... Ammo sevgan insonimdan judo bo'lish menga juda ham qimmatga tushdi. Men o'zimni deyarli yo'qotib qo'ygandim, dafn marosimlarini asta-sekinlik bilan o'tqazar ekanmiz, farzandim bir necha bor yonimga kelib "oyim qani? Oyim qayerda?" deb savol berdi, uning savoliga javob bera olmay mening ko'zlarim yoshlanardi. Ota onam esa qizalog'imni quchoqlab xun xun yig'lashardi... Ta'ziya bildirgani kelgan insonlar ham ko'z yoshlarini yashira olishmadi. Kenja ukamning ham to'yi qoldirildi. Endi Hayxotdek bir hovlida men va qizalog'im qodik... Ota onam vaqtinchalik biznikiga ko'chib o'tishdi, qizalog'imni parvarishlab unga g'amxo'rlik qila boshlashdi... Men esa o'z uyimga sig'may qolgandim, Malikaning vafotiga 3 oy bo'lgan bo'lsa-da men hali o'zimga kelmagandim. Hayotimnig har bir kuni, har bir daqiqa, har bir nafasi, yuragimning har bir zarbida u bor, nima qilsam ham men yuragimdagi bu og'riqni sug'urib tashlay olmayman... Yashashdan vos kechay desam qizalog'imga ko'zim qiymaydi, Otam onam ukalarim ularga achinaman. Ammo bu hayotda menga boshqa o'rin yo'qligi meni battar qiynaydi. Men har tunda ming bora o'lardim... Har tong esa besabab yana tirilardim. Bu hayot menga juda bir g'irromlik qildi, og'irlik qildi...Men uni sira unutolmadim. Har kuni qizalog'im kelib "Onam qayerdaaa? Onamni sog'indim? Onamni ko'rgim kelyapti..." deya da'vo qilardi, isyon qilardi ammo, men unga tayinli bir javob bera olmasdim. Oxiri uning savollari meni ruxiyatimga katta bir og'riq berdi shekilli, men ota onamga bu yerda ortiq qola olmasligimni, biroz chalg'ish uchun yana Rossiyaga ketish niyatim borligini aytdim. Qizalog'imni ularga topshirdim, birox muddat u yerda ishlab, biroz chalg'ib ukamni to'yini qilamiz dedim. Ular menga qarshilik ko'rsatishmadi. Bunga ularda kuch ham yo'q edi...Men Rossiyaga ketdim...
.........Qurilishda ishlayapman ammo odatdagidek hayot emas........ Kunduzi qo'lim zo'rg'a ishga borardi, yeb ichayotgan ovqatlarimda na maza ta'm bor, ishlab topayotgan pulimda na bir baraka bor edi... Men tez tez uydagilarga qo'ng'iroq qilib turardim , qizalog'imdan xabardor bo'lib turardim, ammo, har gal qizalog'im telefonda "Onam qachon keladi?" deya savol beraverardi. Bora bora men uydagilarga ham qo'ng'iroq qilmay qo'ydim. Yana shu savolni beradi, yana javobsizlikdan ko'zlarim yoshlanadi...nima qilarimni bilmayman. Shu tariqa men oila a'zolarim bilan aloqani uzib bo'ldim. Yana har kuni kechqurun xonamga kelar ekanman, telefonimga qarardim. ``hozir qo'ng'iroq bo'ladi...hozir qo'ng'iroq bo'ladi...Malika menga qo'ng'iroq qiladi...`` deya shu taxlika 2 yilni Rossiyada o'tkazibman. Balki menda har kuni qo'ng'iroqni kutish Reflex bo'lib qolgandur, balki men aqldan ozgandurman... bunisi menga qorong'u edi... Ammo hayotimda mazmun yo'q edi. Hayotimning oxirgi ikki haftalarida, Malika bilan birga tushgan rasmlarni olib kechalari bilan ko'rib chiqadigan odat chiqardim. Men xo'ngrab yig'lardim. Ko'zlarim rasmda hayollarim Malikada, quloqlarim telefonda bo'lardi... ``mana hozir u menga qo'ng'ir qiladi, sog'inganini aytadi`` deya.... Yo'q!.. qani endi uni bir bora ko'rsam...qani edi uni ovozini bir bora eshitsam...qani edi unga sevishimni aytsam...Borimni berishga ham tayyor edim...
Shu tahlik, Rossiyada hayotimning 4 yili o'tib ketdi, Kunlarimda ham tunlarimda ham biror o'zgarish yo'q. ''Azobli kunlaar'' Agar iblis qarshimdan chiqib, Malikani bir bor ko'rish uchun, Jon almashishni taklif qilganda, hech ham ikkilanmay rozi bo'lgan bo'lardim...Men uni juda juda juda sog'ingandim. Dunyoning tashvishlari dardlari menga judayam og'irlik qildi.....
Odatdagidek albomlarni titkilab o'tiribman, rasmlarni ketma-ketligi deyarli yod bo'lib qolgan, rasmlarni har birida o'ziga yarasha tarix bor, o'ziga yarasha bir voqelik bor. Quloqlarim esa telefon ovozini kutardi. Shu payt Mobil telefonim jiringladi...
``Meni yuragim orqaga tortib ketdi...meni qandaydir sovuq ter bosdi.... soatga qaradim 23:55, ayni shu vaqtda Malika menga qo'ng'iroq qilardi. Men daxshatga tushdim, hayratda qoldim. Qo'ruqv aralash mobil telefonim oldiga yaqinlashdim... va ekranda marhum ayolim raqamlarini ko'rib yuragim to'xtab qolayozdi... Men o'sha yerda hech bir... KARAHT ahvolga tushib qolgan edim... Endi meni na qo'rquv bosardi na go'shakni ko'tarishga jur'atim yetardi. Qo'ng'iroq o'chi.. yana qo'ng'iroq bo'ldi... yana huddi shu raqam u qayta qayta qo'ng'iroq qilaverardi, men karaht ahvolda telefon ekraniga qarab turaverardim, tanam o'zimga bo'ysunmay qoldi, oxiri men qo'ng'iroqqa javob berishga qaror qidim.
Tugmani bosdim va Alo! dedim, u yoqdan Malikaning ovozi kelardi... ``Haa... men butunlay aqldan ozib bo'libman, tushunarliii... demak ha demay mening ham hayotim yakunlanadi... nihoyat men Malika bilan ko'rishish baxtiga muyassar bo'laman...`` U yoqdan esa Malika tinmay
- Aloo.. Alooo! derdi... Men esa
- Eshitaman... dedim.
- Dadajooon sizmisiz?
Darhol hayollarim bir joyga jamlandi, men nima bo'lganini tushunib yetdim. Bu qizimning ovozi! Qizalog'imni ovozi marhuma ayolimni ovoziga shu qadar o'xshar edikiiii. Men bir necha soniyalar ichida bo'shashib, o'zimni yerga tashlab ham yubordim...
- Ha qizalog'im senmisan dedim.
U esa gapini qisqa qildi.
- Dada men bugun 7 yoshga to'ldim, men ancha ulg'aydim, endi Onam qayerda? Onam qachon keladi? deb savol bermayman, men hammasini angladim, meni kechiring, ``Dada men sizni judayam sog'inganman, iltimos keling, menga sizni mehringiz yetmayapti. Iltimos men sizni sog'indim...``
Mening ko'zlarim yoshlanib ketdi....
Qizalog'imga qo'ng'iroq qilmaganimga salkam 3 yil bo'lib ketibdi. Ancha katta bo'lib qolibdi, ovozi esa Onasinikiga o'xshash.... Nahot shunchalar ham o'xshash bo'ladimi.? Ko'zimdan yosh yomg'irdek quyilardi... Na baxtiyor na baxtsiz edim... Oxiri o'zimni qo'lga oldim, Malikaning vafot etganinga shuncha yillar bo'libdi, men esa uning hotiralaridan haligacha qutila olmayman.. Men oilamga kerakman, men qizalog'imga kerakman, axir marhum ayolim unga o'zim g'amxo'rlik qilishimni iltimos qilgabdiku?.. men ahmoq unutib qo'yibmanaaa...
Ertasigayoq vatanimga qaytib boraman!!!