“Cheksiz Muhabbatim va Shavqatsiz taqdir” POFIGIST KRUTOYdan super, tragedik hikoya!
Tong sahar uyqudan uyg'ondim, nonushta qildimda, do'konga bordim ya'ni ishlash joyimga o'zimning kichkina biznesim bor edi. Mahalla bo'ylab o'tayoyganimda qarasam yangi qo'shnilar ko'chib kelishibdi, narsalarini joylashtirayotga ekanlar... Bir erkak menga uka shu yerda turasmi dedi ha dedim va u men yangi qo`shnilar bo`laman dedi. Xm, xush kelibsizlar mahallamiz odamlari mehmondo'st va inoq dedimda kulishib o'tilar uyga dedimda yo'limda davom etdim.. Shu kun hayotimni umuman o'zgartirib yuborgan farishtamni topdim ... Do'konda(mini marketim bor) o'tiruvdim bir qiz keldida salom, Sizlarda akfa lampalari bormi dedi, -haaa devordimda unga qarab qoldim birdan yuragim boshqacha urishni boshladi va o`zimni tutib unga so'ragan narsalarini berdim va jilmayib, chiqib ketti va shundan keyin kun bo'yi xayolim shu qizda bo'ldi. Uni yana bir marta ko'rishni juda xohlardim u shunchalar chiroyli ediki, tariflashga til ojiz... ko`zlari qop qora, sochlarini yoyib ogan oppoqina jilmayishlari yurakni qinidan chiqaradi... Do'konda xayol bilan shu qizni o'ylab o'tirgandim yana kirib qoldi birdaniga hayojanlanib yana yuragim boshqacha urishni boshladi va gapirolmay qoldim juda hayojonda edim hali bunaqasi bo'lmagandi... U qiz mevalar oldi do'kondan va -siz shu mahallada turasizmi deb savol berdi men zo'rg'a -ha deb javob qaytardim va sizchi dedim u -biz yangi kochib keldik, uyimiz hooo anavi deb korsatdi hmm dedimda jilmayib, -sizi dadaiz bilan bugun tanishdik, Dadayiz Bahodir akami dedim u qiz -ha dedida o'tilar deb jilmayib chiqib ketdi man hatto uni isminiyam so`rash esimga kelmadi juda hayajonda edim, tuyg'ularim jo'sh ura boshlagan edi ilgarilari bunaqasi bo'lmagan ... shu kundan keyin hayotim haqiqiy serialga aylanib ketti va umuman o'zgardi tez kunlarda u qiz bilan tanishib oldik u mening singlimning guruhida 1 bosqich talabasi edi va tezda singlim bilan qalin dugona bo'lib ketishgan edi ular singlim bilan med kollejda o'qishar edi har safar Nozima(qizning ismi) haqida singlimdan so`rasam faqat ijobiy so'zlar eshitar edim u guruhida eng yaxshi o'qir ekan. Nozima oilasida bitta erka, shoz, aqilli va suyukli qiz edi uning oilasi o'rta hol oddiy edi dadasi haydovchi, oyisi uy bekasi edi. Dadasi bir katta mansabli biznesmen qolida haydovchi edi.. (Mening ismim Davron, yoshim 20da) Shunday qilib oylar mobaynida Nozi bilan yaqin tanish bo`ldik u mani, man uni juda hurmat qilardik men uni haqiqatdan ham devonalarcha sevar edim ammo buni hech kimga bildirmasdim, balkim rad javobdan qo'rqardim balkim g'urur yol qoymasi sevgi izhor qilishga. tunu kun xayolim unda edi xayolimda u kundan kunga chiroyliroq bolayotgandek edi... Kunlarning birida kechki payt singlim bilan gaplashib o'tirgan edik men xayol surib qoldim... Birdan singlim menga -ha, akajon, Nozini o`ylab qoldizmi dedi man birdaniga qizarib kettim, na kulishimni va na singlimga jahl qilishni bilardim va ozimga kelib, -nega bundey deyabsan aqling joyidami deb qoydim Singlim menga qarab -man hammasini bilamaaan dedida, kuldi. Man hayron bo'lib qoldim va u menga -telizdagi rasmlarni ko`rdim dugonami rasmlarini o`tkazvopsiz dedida kulardi man jim bo'lib qoldim gapirolmadim hatto va u dugonamni telidayam sizi rasmizi ko`rib qoldiiim, dedida kulardi meni birdaniga ter bosib ketti naxotki juda sevadigan insonimning manda ko'ngli bor degan savol mani quvontirdi va duduqlanib, -rostdanmi yana nimalar bilasan tulki dedim u -dugonam sizi yoqtiradi u siz haqizda ko`p so`raydi, faqat siz haqizda savollar beruradi, bir kuni u ham sizga o`xshab telefonimdan rasmizi o`tqazvolgan ekan bir kuni telini kodini ochib ko`rib qoldim va ko`rsatganimda xuddi hozirgi sizzi ahvolizga tushdi va –e, adashib tushib qolgan dedi va men naxotki 5 ta rasm adashib o`tsa dedimda. kuldim keyin oxiri u tan oldi va hech kimga aytmasligimni yalinib so`radi men sizlarni haqiqiy sevgilarga tan berdim menimcha bu haqiqiy sevgi bir birlarilarni xayolda jondan ortiq sevasizlar bu menga sir emas deb yana koop gaplar aytardi men esa xayolimda haqiqiy baxt porlardi singlim sozlariga ishonish qiyin edi juda, juda baxtiyor edim hayotimdagi eng shirin kunlar boshlandi shundan keyin!!! Singlim menga mana yozing dugonam nomerini whatappda gaplashing dedida nomerini berdi. Shundan keyin ertasiga ertalabdan Noziga - Salom, Qalesan Nozi bu man Davron! deb yozdim u ham salom Davron aka qaleysiz deb yozdi shunda keyin kun bo'yi sms yozishdik bir birimizni savollarga to'ldirib tashadik va juda yaqindan tanishdik... 3-4-kunlarda menga yoqasan Nozi deb yozdim u men ham sizni hurmat qilaman deb yozdi u shunchalar aqilli ediki uning odobi, aql darajasiga tan bergan edim o'zi yosh bolsa ham aql darajasi katta yoshli qizlardek edi u mandan 4 yoshga kichkina ya'ni 16da edi. Shunday qilib undan sevgi izhori eshitishga 2 oy vaqt ketdi shunchalar sevsayam zo'rg'a oxirida tan oldi va jonidan ortiq sevishini ayti kunlar o'tardi bizning munosabatlarimiz juda jiddiylashgan edi bir birimizsiz hayotni tasavvur qila olmasdik shunchalar sevgi domiga tushgan edikki hayot biz uchun 2-darajali bo'lib qoluvdi u bilan har kun uchrashardik u hamma vaqt o'z odobini saqlar sevgi men uchun or-nomusimdan keyin turadi deb yuzimga jiddiy aytardi uni shu darajada hurmat qilar edim u men uchun misli yerdagi 2-farishta edi (1-chisi albatta - ona). Shunday qilib sevgimiz kundan kunga jo'shib borardi bir necha oylardan so'ng xuddi er - xotindek bolib qoldik... kunlarning birida u menga men endi borlig'im bilan siznikiman hayotdagi eng mard yigitni uchratdim va sizga o`zimdan koproq ishonaman sizni tan olaman begim dedida qattiq quchoqlab yig'lavordi o'zim bilmagan holda maniyam kozlarimdan yosh oqib ketardi albatta bu baxt yoshlari edi ancha vaqt bir-birimizni quchoqlab turdik shuncha oylardan beri Nozini qolidan ushlash va yuzidan o'pishdan boshqa hech nima qimagandim... u men uchun farishtadek edi hatto u bilan buzuqchilik qilish xayolimdan o'tmagan bu men uchun gunohdek edi uni shunchalar sevardim meni faqat haqiqiy sevgan tushunadi... Shu tariqa shu kundan keyin u man uchun haqiqiy xotinimdek boldi hatto o'lsakam birga o'lamiz deb ont ichganmiz faqat bir birimiziki bolamiz deb qasam ichganmiz... va endi Nozi bilan haqiqiy sevgi lazzatini tuyardik bir birimiz uchun misli nikohlangan halol edik u nima desam qilar, nima qilsam ham tayyor edi man uchun u hamma ishlarga tayyor edi hattoki hozir sizni xayolingizdan o'tgan ishga ham... sevgimiz haqida butun mahalla bilib bolgan, hatto Nozini barcha qarindoshlari mani tanir va mening uydagilarim ham bilishar va u kelganda hatto kelinim deyishardi, oilamiz keyingi yil shu qizga sani uylantiramiz deyishardi. Bir yil mobaynida Nozini butun mahalla tanir, kattayu kichik uni hurmar qilar, xulq odobiga tan berishar edi kunlar o'tardi hayotda bizdanda baxtli odamlar yoq edi... Va shu kunlarda hayotimda tasavvur qilib bo`lmaydigan baxtsizlik kunlari boshlandi...
Hayot chiroyli o'tmoqda edi kundan kunga sevgimiz mustahkamlashar edi... Ancha kunlar o`tdi va kunlarning birida eng baxtsiz kunlarimning birinchisi boshlandi... Nozi bilan har kun birga yurar edik hatto uni uyiga bemalol kirib chiqar edim ota onasi bilishar edi va ular ham qizlarini menga uzatishni bir yildan beri tayyorgarlik ko`rishayotgandi buni Nozining o`zi aytar edi... Shunday qilib May oylarining birida kechqurun Nozi bilan telda gaplashayotgandim u judayam xomush edi. Shuncha sababini so`rasam ham u shunchaki -mazam yoq deb qandaydir gaplar aytardi bu xuddi xayrlashish alvido degandek edi... Men birdaniga kayfiyatim tushib jahl bilan, -nimalar deyabsan nima boldi ozi dedim u jim turar edi yiglayotgani sezilar edi u bildirmaslikga harakat qilar edi lekin men uni shu darajada yaxshi koramanki, hatto Nozini qalbimda his qilaman uni ozimdanda yaxshi bilaman... u duduqlanib zorga gapirishni boshladi... -hech nima bo`lmadi, shunchaki Dadam bilan 1 haftaga Moskvaga uchyabmis sizni soginib qolaman shunga deb, zorga aytdi man esa ozgina ozimga kelib e shu uchunam shuncha qilasanmi jinnivoy qorqitib yubordingku dedim... U qalbidan juda ezilayotgan edi man buni his qilib turardim... Shundan keyin yana ozgina gaplashdik u zo`rga gaplashardi misli biron eng yaqin insonini yuqotgandek nolirdi... uning oxirgi so`zlari esa o`zingizni ehtiyot qiling "BEGIM SIZNING OLDINGIZDA GUNOHKORMAN" dedi va shu bilan tel ochdi shuncha qaytib telefonlar qildim telefon ochgandi, smslar yozdim baribir javob kelmas edi, oyisiga qildim oyisini teliyam ochiq edi, yuragim vahimaga tushib qoldi badanlarim titrab ketardi, qanaqa gunoh qanaqa xayrlashuv 5 daqiqa deganda ongimni yuqotib hushimdan ketdim, uni shu darajada sevardimki uni yuqotish men uchun olimdan 10 barobar qorqinchli edi... Polga yiqilib tushganimni eshitib uydagilar mani balnitsaga olib borishgan, kechda o`zimga keldim va vahimaga tushib qolganim uchun tinchlantiruvchi ukol bilan mani yotqizishdi ertalab uygondim soat 8:00 edi. Atrof jim-jit sokinlik ... birdaniga xayolimga Nozi keldi, shifoxonadan yugurib chiqib uyi tomon shoshardim tilimda faqat shu gap "Nozi ketma, Nozi ketma" uni yuqotganimni yuragim sezar edi xuddi yuragim o`rniga boshliq paydo bolgandek edi... yo`lda yugurib ketyabman oyogimga birdaniga shisha siniqlari kirdi, oyogim sokin o`griq his qildi qarasam oyogimda poyabzal yo`q yalangoyoq yugurayotgan ekanman... Oyogimdagi ogriq yurak ogrigim oldida hech nima emas edi... Yugurishda davom etardim oyogimdan qon oqardi buni hatto sezmas edim... Nozining uyiga yetib keldim uni taqillatdim hech kim yoq edi shuncha taqillatdim zarblar bilan urardim Nozi, Nozi butun mahallaga ovozim bordi hamma uyidan chiqib mani tinchlantirishmoqchi bo`lishdi... Hammadan so`rab chiqdim hech kim ularni qayerga ketganini bilmas edi... Mahalla raislari Nozi kolleji hatto eng yaqin dugonasi singlim bilmas edi... Kecha oddiy kundek o`tuvdi, naxot bir kunda hayot alg`ov-dalg`ov bo`lsa ishongim kelmasdi xayolim o`zimdamas aqlimni yuqotib qo`ygandim Nozi ketma degan so`zni mingmartalab takrorlardim... shu voqeadan keyin man shifoxonaga yotqizildim... 2 oylab eng ogir kuchli dori-darmonlar bilan zo`rga hayotga saqlab qolishgan eshitishimcha bir necha marta yuragim urishdan toxtagan... Nozining duolari, onajonimning duolari meni hayotga qaytargan... 3oylar deguncha ozgina o`zimni taniydigan darajaaga keldim aqlim hamon o`zimdamas tinchlantiruvchi dorilar bilan hayot kechirardim... Singlimdan har kuni so`rardim Nozidan xabar bormi deb u faqat yoq uni hechkim kormagan oilasi bilan ketishibdi shuncha vaqtdan bera qaytishmadi kollejdan so`rashimcha shu kuni Nozining dadasi uning hujjatlarini kollejdan olib ketgan... Yuzim kular, aqlimga sigmasdi naxot Nozi meni tashlab ketdi, naxot qasamlarida turmadi orzuyimdagi visol onlari qayerga ketdi... shunga o`xshash savollar bilan har kun o`zimni qiynab shifoxonada davolanardim 1 yilu, 2oylar bolganda, menga uyga ketishga ruxsat berishgandi. O`zimga kelgandim yuragim shundan keyin xasta bolib qolgan ba`zida tez uradi, ba`zida to`xtab qoladi Nozini unutishim uchun uydagilarim, do`stlarim qanchadan qancha harakatlar qilishdi, ammo befoyda Nozi hatto bir onga xayolimdan ketmasdi men sevgining bir umrlik xasta mastiga aylangandim... Shu vaqt davomida hatto nechi marta o`zimni o`ldirishgayam qaror qilgan ekanman va faqat meni xalos qilishgan bu ajaldanham... Shu vaqt davomida mening xastaligim sabab, oyim meni deb o`z ahvolimga tushdilar... Otam bu g`urbatlarga chidamay 2marta operatsiya bo`ldilar, shu 1yil 2oy davomida faqat baxtsizliklarka uchradi oilam, singlim har kun yig`lar bechora singlimning fotixasi ham men sabab qaytgan edi... Xudo o`zi qolladi va oxiri o`zimda iroda topdim va endi hayotga qaytish uchun kurashdim va 2yildan so`ng to`liq tuzaldim ammo yuragim xastaligi umrim oxirigacha qolar ekan... Shuncha vaqt davomida Nozini bir marta ko`rish uchun jon berishga tayyor edim... Vaqtida sevgi haqida shunaqa gaplar aytishsa, faqat kular edim ... Sevgi uchun jon berishga ishonmasdim ammo shunday vaqt keldiki bir marta ko`rish uchun jonim garovga tayyor edi!!! Shunday qilib oilamni bunda qayg`ulardan olib chiqdim biznesimni tikladim, singlimni uzatdik hayotim odatiy davom etar edi. Har tun kozlarimda yosh, qo`limda ruchka daftar uxlab qolar edim, sevgi bobida devona shoir bo`luvdim uni vaslini eslab shirin xotiralarda ko`zimdan yoshlar oqardi. U men oilamni hayotimni barbod qilgan bo`lsa ham u haqida bir on ham yomon xayol qila olmas edim unga oxirgi nafasim qolgunicha ishonardim... Kunlar o`tardi oradan yan yil otdi... uylanish vaqtim keb qolgan edi men esa hamon xayollarimda Nozini kutar edim, oxirgi nafasimgacha unga xiyonat qilmasdim hatto xayollarimda... Kunlar o`tdi bir kun uyimga xat keldi Uni oxirigacha o`qimasdan hushimdan ketib qoldim yuragim hayajondan to`xtab qolgandi... Xatda shu sozlar yozilgan edi " Salom, sevgim ilohi... Gunohkor yoringiz Nozi bo`laman shuncha yil sizdan yiroqda qasamimni buzib yashadim... Albatta, bunga hayot majbur qildi yaxshilab o`qing butun bo`lgan voqeani sizga aytib beraman, bakim shunda meni kechirarsiz... O`sha vaqt siz bilan oxirgi marta telda gaplashganimdan so`ng ertasiga oilam bilan Moskvaga ko`chib borgandik sababi ... undan ancha kunlar oldin mani yurak xastaligim bor edi, sizga bildirmasdan yashirib yurar edim... Shifokorga borganimizda tez kunlar davomida meni hayotim yakuniga yetishini aytishgan edi... Faqat bir yo`li Moskvada davolash mumkinligini aytishgan shundan song... Dadam nima qilishini bilmay... bunday katta pullarni qayerdan olaman deb siqilib qolgandilar va dadamning boshligi 43 yoshli Sobiraka agar meni o`ziga turmushga bersa barcha operatsiyalar xarajatlarini ko`tarishga va`da bergan... Dadam o`ylab o`tirmasdan mani katta yoshli erkakga uzatishga rozi bolganlar o`zi Sobir aka ikkita xotini bor boy badavlat inson... Shunday qilib Moskvada nechi martalab davolandim
yuragim nechi martalab to`xtab qolgan lekin sizga bergan va`dalarim uchun hayotda qoldim, 3 yil davomida davolandim va tuzaldim hozirda yuragim xasta shu darajada sizni sog`indimki bir marta sizni ko`rib jon berishga shimga keltirishdi... yugurib mashinamga o`tirdimda Nozi oldiga shoshildim kozimni zorga ochardim... katta tezlikda har paytgi uchrashuv bog`imiz tomon shoshardim yuragim tez tez urardi tezlik baland edi... Birdaniga mashinamga bir qiz urildi, shunday mashinam oynasiga qarasam, Nozi boshidan qon oqardi, yuzida tabassum oxirgi marta mani ko`rganidan xursand edi va orzusiga erishib shu joyda hayotddan ko`z yumdi. Nozi, deb butun dunyoga faryod soldim... Lekin endi kech edi... Sof sevgimni o`z qo`lim bilan nobud qildim... Demak bu taqdir sevgimizning qismati...