Avvalgi 1 -2 -3 -4 -5 -6 -7 -Qismlar...
Bunday mavjudotlarni, vanpirlar haqidagi filmlarda ko`rgan edim. Vanpirlar mistika ijodkorlarining bir badiy to`qima, movjudodi deb bilardim. Biroq u qarshimda turardi. Vanper qiz juda ojiz ko`rinsada, lekin baribir yurakni vohima bosdi.
Nima qilishim kerak?
Poyonsiz kenglikda turibmiz, biroryoqqa qochib ketish imkonsiz, keyin bemalik ham. Yaxshisi o`zimda dovyuraklik hissini uyg`otish uchun, qizga yaqinroq suruldim. Bo`rtga suyangancha biroz o`zimni tutub, vahima tuyg`usidan qutulishga urundim.
- Seni isming nima?
Tilimga kelgan so`z shu bo`ldim. U asta men tomon, yuz burib, bir ko`z tashlab qo`ydi. Yana dengizga qaradi, nigohlari manosiz shunchaki uzoq, uzoqqa tikilib, sassiz jim turaverdi. Bir dadaqiqalik, skutdan so`ng u tomon yanaham suruldim. Tirsagimni omonatgina uning tirsagiga teqazdim. Hurkibgina qarab qo`ydi. Telbanamo iljaydim, u esa biroz nariga surilib oldi. Xoynaxoy mendan cho`chiyabdi degan o`yga bo`rdim. Muloyimlik bilan gapirdim, nima deganim yodimda yo`q, balki gapimni aytib ulgurmagandurman. O`sha topda orqadan, bayagi barzangi yigitni tushunarsiz dag`al ovozi hayolimni buzdi. U Aonani chaqirayotgan edi. Qiz esa qo`llari bilan uzoqni ko`rsatib turardi. Mayoq, ha u aniq mayoq edi. Balant minoradan tarqalayotgan nur shulasi! Hayratdan ko`zlarim katta-katta ochilib ketdi. Huddi ertakka o`xshaydi, bu hayratimni ifodalashim juda mushkun. Bortdagi temir tutquchni mahkam ushlagancha, janubiy g`arb tomondan kelayotgan mayoq, yo`q-yo`q, mayoqli orol. Orol suv yuzida oqib kelardi...
Hayratim o`zimga sig`may, yonimga qaradim, qiz yo`q! Tuyqus ortimga o`g`rildim. Chamasi 5, 6 qadam narida, kema palubasini to`ldirib Aona va uni yordamchilari menga qarab turishardi. Beshta qiz, uchta yigit Aona bilan jami to`qqiz kishi. Joyimdan qimirlamadim, boyagi qizga ishora qilib Aonadan so`radim:
- Aona u qiz vanpirmi?
- Sizlarda shunday vahimali nom bilan atashadimi?
U manoli qilib qolganlarga ham qarab qo`ydi. Demakki faqat u qiz emas balki qolganlar ham vanpir.
- Aona siz hammi?
- Yo`q... Biroq men ham oddiy inson emasman!
- Meni nima qilmoqchisiz?
Har qanday vaziyatga tayyor turish uchun, bir nechta fikrlarni o`ylay boshladim. Dengizga sakrash, yoki biror jisim bilan o`zimni himoya qilish. Shu maqsadda atrofga alangladim.
- Men bilan yur Farruh...
- Yo`q, borolmayman...
- Ortga qaytolmaysan baribir...
- Kemadagilarchi? Ular qanday qaytishadi?
- Barchalari halok bo`lishdi, - u yonidagi qizlarga, so`ng menga qaradi. - Ular o`z nafslari qurboni bo`lishdi!
- Demak men ham halok bo`laman! Qanday yo`l bilan o`ldirasiz? -dedim.
Hammasi tayyor bo`lganim uchun, qo`rquvni halos bo`lgandim. Hatto so`zlarimni dadilik bilan aytardim.
- Seni o`ldirmayman... Ketishing mumkun!
Aonani buyrug`i bilan menga yo`l ochib, hammalari bir tomonga o`tishdi. Dadillik bilan qadam tashlab ularni yonidan o`tdim. To`g`ri yog`duli pardo yoniga bordim. Pardadan uyog`i bemalol ko`rinib turardi. Kemani quyruq qismida ko`ringan matorli rezina qayiq, qaytishimga umid uyg`otdi.
Pardadan o`tish uchun urunganim yodimda. Chaqmoq urganday bo`ldi, butun tanam qizib ketdi. Qattiq shok xolatida yotardim. Tepamda Aona va boyagi vanper qiz, yigitlar turishardi. Faqatgina jingalaksoch qizni mualajasidan so`ng sal bo`lsada o`zimga keldim, miyyamni idrok qilish saloxiyati tiklandi.
- Farruh halok bo`lasan, baribir ortga qaytolmaysan! - Aona, shok xolatdan haliham titrab turgan qo`limdan ushladi, - Seni bu yerga taqdiring boshlab kelgan... Yu men bilan...
Yo`q desam, u kemani tark etadi, biz esa bir-birimizni qaytib ko`rmaymiz. Bir o`zim poyonsiz kenglik bag`rida nima qila olaman!
Xaloskorim aytgandek bu chindam ham meni taqdirim bo`lsaya!
- Sen uchun unutilmas sarguzasht bo`ladi... Borsang afsus qilmaysan...
Uning so`zlari taqdirimga tavakkal qilishga undadi.
Boshimni qimirlatib roziligimni bildirdim.
Aona mamnun jilmaygancha, engashganda osilib qolgan, oppoq uzun sochlarini bir siltab yelkasidan oshirdida yonidagilarga buyurdi...
Shosha-pisha jingalaksoch dadillik bilan turishimga yordamlashdi. Jin ursin hali ham shok xolati oyoq qo`limni tark etmabdi. Boshim aylanib, oyog`larim qaltirardi. Muazanatda turolmay, jingalaksochni yelkasidan mahkam quchdim...
* * * * *
O`zimga kelib, ulgurganimda kemadagi qo`lga ilinadigan hamma narsa kema bo`rti to`plangan edi. Kanservalangan oziq-ovqatlar, qurol-yaroq, kiyim kechak, qimmatli buyumlar hullas qaroqchilarni tunayotgan edilar. Bu orada Orol bilan kema o`rasidagi masofa anchayin qisqarib ulgurgandi. Mayoq ostida, g`imirlayotgan 5, 6 kishiga ko`zim tushdi. Ulardan biri buyruq berar, qolganlar kattagina solni suvga tushurishdi. Ikki chetida eshkagi bor, sol tez orada kemaga yaqinlashdi. Birinchi bo`lib, Aona tushdi va usha solga birezen ostidagi yukni ham ortishdi. Ular orol tomon suzib ketishdi. Yigitlardan ikkitasi, kemaga ortilgan meni bu yerlaga kelib qolishimga sabchi yaxtani ham suvga tushurishdi. Birinchi bo`lib, jingalaksoch tushdi, ortidan kema tumshug`ida uchratganim, jabirdida qiz. Jingalaksoch qo`l ishoralar bilan bir nimalar deb ajnabiy tilda gapirdi. Tushungan bo`lsam, yaxtaga tushushimni so`radi. Bortga mahkamlangan, temir narvondan pastga tushdim. Jingalak soch yana allanima deb bidirladi. Menimcha yaxtani boshqarishimni so`rardi. Ensam qotib, yoqilg`i yo`qligini qanday tushuntirar ekanman, deya rul chanbaragini ushladim. Tavba yoqilg`i ko`rsatkichi, baklar to`laligidan darak berardi. O`t oldurgunimcha, tepada qolgan uchta qiz ham tushib olishdi. Tepaga qarab qo`ydim, yigitlar tushmasa kerak, ular yukni bo`shatib qaytayotgan solni kutishmoqda. Qizlar qalqib ketmasin deb yaxtani asta o`rnidan qo`zg`otdim. Yaxta orol tomon suzdi. Endigina tong ota boshlagan, tongi mayin dengiz shabasi, anchayin o`sib qolgan soqol, moylovimni g`ashlantirardi. Tezlikni asta oshirarkanman, ortimdagi vanpir qizlarga ko`z tashladim. Jingalaksoch va jabirdida yuzini shabadaga tutgan, ko`zlari hiyla qisilgan lablarida allanechuk tabassum. Ular orolga yaqinlashayotganidan shodmi yoki sochlarini mayin silab erkalayotgan shabadadan xuzir qilishyabdimi bilmadim. Har qalay bu sovuqqon qizlarni, yoqimli o`zlariga nihoyat yarashgan tabasumini ko`rib ko`nglim yorishdi. Hatto ularni oddiy qizlar deb ko`nika boshlagandim ham...
Mayoq yonida, Aona bilan tortishayotgan tez-tez men tomon qarab qo`yayotgan 50, 55 yoshlardagi kishi e`tiborimni tortdi. Gavdasi savlatli, sochlari yelkadan, bejirim soqol, mo`ylov qo`ygan. Egnida 80 yillardagi yoqasi qirrali oq ko`ylak, unga munosib yelkadan oshirilgan tasmali shim, qo`nji keng etik kiygan bu kishini kimligiga juda qiziq edi, men uchun. Hayolimga turfa taxminlar kela boshladi.
Aonani otasimikin? O`xshamaydi, balki eridur? Yokim akasi! Hullas kim bo`lmasin, meni hushlamayotgani sezib turardim.
Yaxta qumloq sohilga borib uruldi. Aona o`zi tomon chorladi. Yaxtada sakrab tushdim. Ortimdan qizlar ham tushishdi. Qizlar bosh egib, anovi kishiga tazim qilb hurmat bajo keltirishdi va qirg`oqqa tushurilgan yuklarni ko`tarishga kirishdi. Men asta Aona va anovi kishi tomon qadam tashladim. O`n besh metrlar yurib borgunimga qadar, oyog`im ichiga qum to`lib qoldi. Oyog` kiyimni qoqarkanman, Aona meni tanishtirishga chog`landi.
- Farruh yaqinroq kel, bu...
Yonidagi kishiga imladi. U esa menga beetiborlik bilan, quyosh chiqayotgan tomonga qarab qo`ygach, qo`llarini shaqqillatib chapak cholib tushunarsiz ajnabiy tilda qizlarga buyruq qila boshladi.
Keyin allanechuk havotir bilan, sohil tomon suvlarni shalaplatib, dengiz qirg`og`ida turib, kaftlarini karnak qilib soldagilarga baqirdi.
Tushungan bo`lsam tezroq ishlash kerakligini buyurdi.
U kelgunicha Aonani yonida jimgina uni kuzatib turaverdim. Sol tezlaganiga amin bo`lgach, ko`zlarini lo`q qilib menga bir on tikildi. Hatto xushlamaganini nomoyish qilib yon tomoniga tuflab qo`ydi.
U yaqinlasharkan, Aona jilmaygancha o`rtaga tushdi.
- Tanish, mehmonni ismi Farrah... - Aona mamnunyat bilan meni unga tanishtirdi, va aksincha, - Farruh tanish King-Barde... Qisqagina Barde...
King-Barde ismidan, kiyimlari, turushidan ham bilib turibdi Barde bu orolda katta nufuzga ega. Menimcha Aonadan keyin tursa kerak.
Hurmat bilan salomlashib u tomon qo`l cho`zdim.
- Ismim Farruh...
Labini chetini qiyshaytirib qo`ydida qo`limni siqdi.
- Barde... Hush kurdik tasodufi mehmon...
Sovuqqina salomlasharkan, qo`limni shu qadar siqdiki, hatto barmoq suyaklarim g`isirlab ketdi.
Bu ishi Aonaga yoqmadi, ular o`rtasida yana qisqa tortishuv bo`lib o`tdi. Nazarimda bu tortishuvda Aonani qo`li balant keldi. Barde itoatkorona bosh egib qo`ydida, sovuqqina nazar bilan menga ko`z tashladi.
- Aff eting mehmon, hurmatsizligim uchun! - olazarak qarab, yuzaki kechirim so`ragan bo`ldi, - Qorniz ochgandur?
Aonaga bir qarab oldim.
- Hechqisi yo`q... Biroz yegulik bo`lsa yo`q demasdim...
Bu orada sol qirg`oqqa yetib kelgandi. Barde sakrab solga o`tdi. Kemadan olingan bir quti qotirilgan non, kanservalangan go`sht va jo`hori bonkasini oldi.
Bu safar anchayin muloylik va hurmat bilan, orol ichkarisiga kiradgin so`qmoq tomon ishora qildi.
- Z... Oroliga hushu kelibsiz mehmon...
So`qmoqdan biroz narida, ko`rinib turgan tosh devorga, mayoqqa va atrofga sinchkov nazar tashlab oldim...
SHUKRONA:
- Z... Orol! Adashmasam siz Parilar orola degandiz?
FARRUH:
- Haliham shoshqaloqsan!..
O`sha damda rostini aytsam, juda qattiq hayajonda edim. Barde orolni (Z) bilan boshlan nom bilan atagandi. Lekin yodimdan ko`tarildi, keyin ham bu nomni hecha qayerda eshitmdim. Aona yoki Bardedan ham so`ramadim. Bunga sabab esa orolga qo`ygan ilq qadamlarimdan bo`lgan hayratlarim...
* * * * *
PARILAR OROLI...
FARRUH:
- Biroz yurib, endigina tosh devorga yetgandik, ortqada shovqin eshitildi. O`grilganimda, cho`kib ketayotgan kemaga ko`zim tushdi.
Ammo devorda o`tganimdagi hayratim, kemani unutib yuborishimga turtki bo`ldi. Har yuz yilliklardagi yunon, rim, ispan, fransuz qurulish, bosqichlari bu yerdagi imoratlarda qorishib ketgan. Melodiy, o`rta va zamonayiv uslublar. Haqiqiyqatdan lol qiluvchi imoratlar. Hammasidan ham gullardan iborat kattagina bog`, har hil qizlarni oltin haykallariga to`la. Hammasidan ham bog` o`rtasidagi oltin gunbazli uch ustimdan iborat ayvon, uning ostida favvora... Lol qoldirgani shuki, favvoradan suv o`rgiga qizil rangli suyuqlik oqardi...
SHUKRONA:
- Nahotki? Yunon afsonalarida uchraydigan orolga o`xsharkanda?
FARRUH:
- Mening ham hayolimga shu fikr keldi. Ahir bu ``Parilar orliku?`` deb yubordim hayrat bilan Aonaga qaradim. U esa shunchaki jilmayib qo`ydi.
Ammo... Ammo bu ko`rib turganlarim, ayzberkni yuqori qismi ekan...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-