Ayol ham asta o`zini tutib oldi va yigitdan bir qadam ortga suruldi.
- Hech qachon, hatto adashib ham men tomon qo`l cho`zma... - ayolni ko`zlarida qahr, nafrat uchqunladi, - Sen o`ylagan ayollar toyifasidan emasman. Yevropa havosidan nafas olayotgan ayol bo`lsam ham, aslim o`zbek ayoliman. Oylam bor, erim, bolam...
- Unda borib bolanga qara, eringni ko`nlini ol. Hozir na seni, na boshqani ko`rgim yo`q, yo`qol qorangni o`chir...
- Yaramas, insofsiz ekansan, hozir to`pponcham bo`lganda peshonangdan otardim! -dedi ayol barmoqlari bilan to`pponcha shaklini yasab yigit tomon uqtalgancha.
- O`ldiraman degin?
- Ha sen shunga loyiq ekansan... -dedi ayol jahil bilan.
- Qo`lindan keladi, birgina buyrug`ing bilan, o`lib ketar ekanmanda!.. O`limim oldidan ohirgi tilakni berasanmi?
Ayol bu esdan og`gan qotil, qiziqroq tilak aytar deb o`yladi.
- Aytaqo, agar qo`limdan kelsa!..
- Baribir o`lib ketsam, sirlarimni o`zim bilan olib ketaman. Bir yaxshilik qil, men bilan birga bo`l, ko`nglimni hushla...
- Nima?
- Hech yo`q, nozik joylaringni ko`rsat!
Bu so`zlardan ayolni qoni qaynab, ko`zlari katta-katta ochilib ketdi. Lekin yigitga indamadi, eshikni qattiq qoqib, qorovulga eshikni ochishni buyurdi va chiqib ketdi...
Yigit xonani boshiga ko`tarib qah-qah urgancha qoldi. Uning maqsadi yolg`iz qolish edi. Bu o`zini mafiyani qizi qilib ko`rsatgan vatandoshi bilan esa, umuman gaplashishga hohishi ham istagi ham yo`q edi. Aslida qo`pol inson emas, shunchaki undan qutulish uchun, unga bu bemani so`zlarni aytgandi...
Ayol zarda bilan tez-tez yurib chiqib ketdi. Ko`nglida qasos o`ti uchqunlay boshladi.
Italyalik balan bo`yli, ham shafyor, ham hossoqchi vazifasini bajaruvchi yigit mashinani orqa o`rindig`ini ochdi.
Ayol mashinaga o`tirdi va italyan tilida soqchi yigitga buyurdi, ``VILLAGA!`` deb.
Ayol qizarib, bo`zarib ketardi. Anovi esdan og`ganni aytgan so`zlaridan, xonadan chiqayotganda eshitilgan uning kulgusidan, xunobi oshardi. Izzat ikron, birovdan yomon so`z eshitmagani uchunmi, yigitni ohirgi taklifidan, o`zini horlangan, g`ururi toptalgandek his qildi. Qahrdan hatto qovoqlari ham titrardi, sumkachasini ochib yashirin, bo`lmachasidagi kichikkina to`pponchasini qo`liga oldi. Qurolini jangovor holatga keltirdi.
Ruldagi soqchi yigit xushyor tortib, oynacha orqali, orqa o`rindiqqa tez-tez ko`z tashlab qo`ydi, buyruq kutib. Ammo ayol shoshilmasdi. Balki boshqa birov bu gaplarni aytganda tab tortmay unga ziyon yetqazgan bo`lardi, boshqa birovning qo`li bilan bo`lsa ham.
Ayol birdam o`yga tolib qoldi, yigit atayin g`ashiga tekkanini tushunganday bo`ldi. Asta miyg`ida jilmayib qo`yarkan, qurolini joyiga soldi. Sumkachasidagi bir bo`lak chamasi bir yarim yil avvatlgi, mahalliy gazetaning bir bo`lagini qo`liga oldi.
- Buruno ortga qaytamiz... -dedi ayol.
Ruldagi yigit so`zsiz itoat qildi va mashinani ortga qaytardi...
Farruh o`ychan, temir panjarali derazadan tashqariga qarab turgandi. Temir eshikning shiqirlab ochilishi, hayolini buzdi. Ortiga o`grildi, yana o`sha ayol...
Farruh unga ``Yana nega kelding!!!`` deganday, savolumus termuldi. Ayol asta unga yaqinlashdi va qo`lidagi gazeta bo`lagini tutqazdi. Farruh gazetaga ko`z yugurtirdi. Gazetadagi maqola taxminan bir yarim yil avvalgi sondan. Maqolada, rashk tufayli qallig`ini otib o`ldirgan qotil. Yashirinish uchun, yaxtada o`rta yer dengiziga qochib ketgan va falokat tufayli, qanchadur vaqt dengizda qolib ketgan. Qirg`oqqa chiqqanida, g`ayri oddiy orol haqida so`zlagan va mahalli matbuot tomonidan esdan og`gan deya taxmin qilingan, oqibatta haqiqatdan esdan og`di degan tashhis bilan ruhiy kasal mahbuslar uchun mo`ljallangan turmaga yotqizilgan...
Maqola o`sha esdan og`gan mahbus haqida, yani Farruh M...ov haqida edi...
- Farruh birgina savolimga javob bera olasanmi? -ayol yigitni ko`zlariga tikildi, - Faqat birgina savol! Bo`ldi keyin ketaman, seni boshqa bezovta qilmayman...
- Ayt!...
- Quyuq bulut ostida, ko`k rangli yog`du bormidi?
Yigit biroz o`ylandi.
- Ha... Lekin men bu haqida so`z ochmagandim...
Ayol ko`p narsalardan habardorligini bildirish uchun, manoli jilaydi. Ammo vada berganidek yigitni tinch qo`yish uchun, chiqib ketishga shaylandi.
- Shukrona to`xta! -dedi yigit, ayol to`xtadi. - Sen kimsan?
- Men!!!
Ayol bu savolga javob bergan edi. Yigitga hayyor bo`lib qaradi.
Yigit esa bu hildagi qarash manosi tushunganday, savolni to`g`irladi.
- Sen menga kimsan?
Ayol savol mazmunini tuyguncha bir on o`yga toldi. Asta jilmaydi.
- Do`st...
Javobdan qoniqqan yigit chehrasidan mannunlik ko`rindi.
- Vaqt topib yana yonimga kelasanmi Shukrona?
- Kelaman... Albatta kelaman...
* * * * *
Kiravatida shiftga qarab yotgan Farruh asta qaddini ko`tardi. Ko`zlari yarim qisilgan, diqqatti e`tibori temir eshikda. Ko`ngni kutilgan kun kelganday, allanechuk hovliqadi. Nihoyat eshik echildi. Oradan uch kun o`tib, yana o`sha yurtdoshining salomini eshitdi...
- Assalomu a`laykum...
- Va`alaykum assalom... -yigit o`rnidan turib, deraza tomon yurdi va kiravatiga ishora qildi, - Marhamat...
Ayolning yuzida, kiyinishida avvalgidek, maqtanchoqlik, sohtalik yo`q. U odatiy, etaklari uzun libosda. Avvaldigek kravatga yastanib emas omonat o`tirdi.
Ayol, yigitni jim turib qolganini ko`rib o`zi gap ochdi, futbol olamida bo`layotgan, yangiliklar haqida gapira boshladi.
- Haya Farruh, hozirgi Milan jamoasini bosh murabbiyi, avval shu kulubda o`ynagan ekan. Filippo Inzagi, xabaringiz bormidi?
- Futbol haqida gaplashgim yo`q! -dedi yigit.
- Unday bo`lsa qay bir mavzuda, suhbatlashamiz? - ayol o`rnidan qo`zg`oldi, - Yolg`iz qo`yishimni istasangiz, ketaqolay!
- Ketma... Iltimos men bilan suhbatlash...
Ayol yana joyiga o`tirdi. Jurnalist bo`lgani uchun, boshida o`nlab savollari bor edi. Ammo yigitni o`zi yorilishini kutib, arang tilini tiyib kutardi. Ortiqcha gapirib tashlamaslikka urunardi. Kutganidek yigit asta ko`nglini ocha boshladi.
- Samimiy inson ovozini eshitishga zorman... -dedi hursunib qo`yarkan.
- Hechkim yonizga suhbatlashgani kelmaydimi?
- Kelishadi juda ko`p... Biroq hechkim menga ishonmaydi, meni begunohligimga ishonishmadi. Hatto otam ham, meni qotil deb biladi... -yigit mahzun derazaga turmulgancha uzoq turdi, - Shukrona, ayting faqat o`z manfatini ko`zlagan inson bilan so`zlashib bo`ladimi?...
- Yo`q albatta...
- O`zing ham, senga yordam beraman deding, qoanday yordam bermoqchisan? Nima uchun va nimaga? Keyin yog`du haqida qayoqdan bilasan?
- Avval aytganimday qo`lim uzoqqa yetadi. Otamning yolg`iz qiziman, har qanday istagimni bajaradi... Istasangiz siz odamlar nazlida o`lasiz, keyin esa boshqa qiyofada, boshqa odam bo`lib yashashingiz mumkun... Jarrahlik rivojlangan... Yordam bera olaman...
- - Keragi yo`q, o`zligimcha qolganim maqul... - yigit miyg`ida kulib, uyoqdan bu yoqqa yura boshladi, - Tajubdama, nima uchun, biror manfatsiz menga yodam bermoqchi bo`lyabsan?
- Balki bu taqdirimizga yozilgandur!
- Taqdir... Juda qiziq, negadur senga ishongim kelyabdi... Menga aytginchi shula haqida qayerdan bilasan?
- Inson bor ekan, u olam sirlarini bilishni istaydi. Bu yo`lda u izlanadi, qidiradi hatto fazoga uchadi, dengizga shung`iydi... Onamda bor bo`lgan olamga qiziqish mening vijudimga singib ketdi. Onam kupgina sirli hududlarga bo`lgan ilmiy izlanishlarni moliyalashtirdilar. Onami yuqullaridan ilhomlandim, o`zimni nimalarga qodir ekanligimni bilgim keldi. Hatto bu yo`lda jurnalistika sohasida o`qidim ham. Aynan shu kasbim tufayli, sizni topdim. Meni qiziqtirayotgan narsa o`sha siz bo`lgan orol... Shu haqida bazi malumotlarni qidirdim, ko`pgina afsona, cho`pchaklarni o`rganib chiqdim...
- Demak shuhrat istabsanda?
- Avvaliga shu istak bilan yonizga kelgan edim... Endi esa yo`q...
- Nima uchun, fikring o`zgardi?
- Rosti, sizni qotil deb o`ylagan edim. Osonogina ichidagilarni bilib olaman deb o`ylagan edim...
- Bila olganingdan nima foyda? Men aytgan orol hech bir haritada yo`q ekan. Uni, hech bir suniy yo`ldosh ham topa olmagan... Bekorga shov-shu ko`rganing qoladi...
- Muddiy taminotda muammom yo`q, bemalol tekshirib ko`ra olman... Bordiyu biror ish chiqmagan taqdirda ham, yaxshi bir kitob uchun mavzu bo`lishi mumkun... -ayol jilmaydi, - Yo`q demang Farruh...
- Mayli u holda yodimda uzoq qolishingga to`g`iri keladi... Avval bu voqeagacha bo`lgan davirni so`zlab berman...
- Jon deb tinglayman... - ayol kiravatga yaxshilab joylashib oldi, - Eng boshida so`zlang...
SITSILYA OROTLIGA SAYOHAT...
FARRUH:
- 18 yoshimga qadar, ota onam bir joyda muqum yashamas edilar... Goh O`zbekistonda bobomnikida, goh Italyada turli shaharlarida yashar edilar. To otam Farhod M..ov, Italyada birga o`qigan do`stlari Lorenzo Pereni, Demetrio Ballardinilar bilan katta bir Karparatsiyaga asos solmagularigacha...
Bolaligim bobom va buvimni yonida o`tgan. Qo`rqmay ayta olaman, ularning hayot saboqlarida to`yingan bilim buloqlaridan yaxshigina chanqoq qondirdim. O`sha kezlari, endigina o`n sakkizni qoralagan, yoshlik, g`o`rlik tinch qo`ymadigan, shirin orzular qanotida uchuadigan yigitcha edim.
Ota-onam yonlariga chaqirishdi, men esa ular tomon qanot qoqdim. Anig`rog`i samalyotda uchdim...
ITALYA qanday go`zal shahar, bektakror. Niyapilidagi naq saroyga o`xshash kattakon villada ota-onam bilan yashay boshladim...
Shahar naqadar go`zal, shu bilan birga makru-hiyla makoni. Undagi, qudratli kuchlari, yaxshi ahloq-odob egasini ham hiylalar ila o`ziga chorlaydi. Tungi shahar, chiroqlarining porlob turishi, yuraklarga sevilgan ko`zlarning ishvali boqishidan kam tasir qilmaydi...
G`o`rligim sabab, bir onga bobom o`g`itlari yodimdan chiqarib, ko`pgina ahloqsiz ishlar qo`l urdim...
Jozo tariqasidan yana ota-onamdan uzoqqa badarg`a bo`ldim. Otam Londinga o`qishga yubordilar. Bilim olishim davomida, bobomning o`gitlari menga juda qo`l keldi. O`zbekimning, ahloq-odobi, har yerda hurmat-izzat topishimda bosh dastak bo`ldi. A`lo baxolarda o`qishni tamomlab, O`zbekistonga qaytdim...
Bobom yaratgan, kattakon olmazor bog`lar, so`lin maskanlar, bokira tabiyat, mehribon bobo va buvijonlarim.. Albatta yoshlikdagi muhabbatim, men yoqtirgan, Muhabbat ismli qiz...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-