Parilar OROLI...
1 - Qism...
Muqaddima.
Nayabr oyining o`rtalari, uchqunlay boshlagan qor, bu yil qish erta kelishidan darak berayabdi. Yevropa bo`ylab sovuq izg`irin kezardi. Niyapol shahri yaqinidagi, kichikroq hiyobondan aylanib o`tgandan keyin, suvlari tiniq, ko`k tus olgan suniy ko`l bor. Qora rangli "Ferrari" rusimidagi mashina ko`l yonidagi kattakon, qayrag`och daraxti tagiga kelib to`xtadi. Avval rulda o`tirgan, balant bo`yli qora ko`zoynak taqqan mushakdor yigit mashinadan tushib atrofni kuzatgan bo`ldi...
Saldan keyin, tosh yotqizilgan qorong`u ko`chada ``Ducati`` rusumidagi matatsekllarni uvvillagan ovozi eshitildi. Matatsekil chiroqlari shulasida, lkki qopqora kiyim kiyib olgan sharpalar paydo bo`ldi. Qorong`ulikdan chiqqanlaridan keyin faralar yorug`ida ularni kimligi ko`rindi yigit va qiz. Yigitni sochlari o`sgan, soqol moylovi endigina sabza urgan. Qoshlari qalin, qovog`i biroz solingan, ko`zlari qizargan, lablari sovuqdan quruqshiragan. Yupun kiyingan, ustiga tor qora futbolka va huddi shu rangdagi shim kiyib olgan. Qizning bo`yi ham balant poshnali etigi tufayli yigitniki barobar. Zulmat rangiday, tim qora, buksasiga tushgan sochlari bitta qilib turmaklangan. Qoshlari ingicha, kipriklari baxmalday, orqaga qayrilgan. Ko`zinging atrofi ko`kargan, ko`z qorachiqlari biroz qizargan, yuz terisi olma po`stiday tiniq yarqiroq oppoq. Qon rangda bo`yalgan lablari bir qarashda ko`zga tashladi. Egniga bo`ynigacha berkitib turadigan kiym. Ustidan sovutni eslatuvchi nimcha, pastiga tor shim, qo`llariga qo`lqop kiygan. Qomati tik viqor bilan qadam bosib kelardi. Ikkisini ko`rgan shafyor yigit orqa eshikni ochdi. Modillarday qaddi qomatga ega bo`lgan, o`rta bo`yli. Oyog`iga ilon po`stida o`xshash paypoq, egniga tizza barobar ko`ylak, uni ustidan qimmatbaxo mo`ynali po`stin kiygan ayol tushdi. Bir muddat o`zi tomon kelayotgan ikki kishiga tikilib turdi va ular tomon asta qadam bosdi. Ortidan ergashgan, haydovchisiga "joyingda qol" deganday qo`l ishorasini qildi. O`n qadamlar yurganidan keyin ayol va qiz yuzma-yuz kelishdi. Suhbat bor yo`g`i bir daqiqa davom etdi. So`ng mashinada kelgan ayol mashinasi tomon, qora kiymdagi qiz esa matatsekili tomoniga shoshib ketishdi...
Oradan ikki soatlar o`tgach, atrofi balant devor bilan o`ralgan "Ruhiy Kasallikka chalingan mahbuslar" saqlanadigan shifohona turmasi oldida yana o`sha ikki matatsekildagilar paydo bo`ldi. Avval qiz, so`ng yigit bir sakrab juda baland devordan oshib o`tib ketdilar. Qiz pastda atrofni kuzatgancha qoldi. Yigit esa huddi maymunday, devorga o`rmalab chiqdi va ikkinchi qavat derazasiga o`rnatilga temir panjarani yulib oldi. Shu payt signalizatsiyaning yoqimsiz balant ovozi hammayerni tutib ketdi. Yigit esa shu zahoti sakrab qaytib tushdi. Qiz devorga tirmashgancha yuqoriga ko`tarildi. Oyna romlari sinib ketgan derazadan ichkariga kirdi...
- Farruh men keldim! - qiz yuzida tabassum bilan, shovqindan uyg`onib ketgan yigitga yaqinlashdi.
Yigit qizni asta bag`riga bosdi.
- Muhabbatim...
* * * * *
IKKI OY MUQADDAM...
Balant poshnali tuflini biton pilitaga urulganda chiqqan ovozi, uzun yo`lak ichida jaranglardi! Taq-tuq, taq-tuq...
O`rta bo`yli, oppoq yengi uzin kofta, qora yupka kiygan. Boshiga qizgich rumol o`ragan, ammo uzun qora sochlarini chap yelkasidan oshirib ko`kragi ustiga tashlab olgan. Ingincha belli ekanani esa, yupkasini tutib turgan, belini quchoqlab olgan ingicha tasmadan bilib olish mumkun. Eshik yonida turgan qorovul yigit shuni payqadimi, ayolga suqlanib tikilib qoldi.
Ayol esa, unga qaramadi ham qo`lidagi xanaga kirishi uchun berilgan hujjatni unga ko`rsatdi. Yigit esa shoshilmay eshikni ochib berdi...
Xona bitta derazali, uncha torham emas. Ihchamgina tumpichka va kiravat bor. Ayol pastga to`shalgan to`shama ustiga asta qadam bosar ekan, muloyimgina tomoq qirib yo`talib qo`ydi. Kiravatda teskari qarab yotgan yigit og`irilmadi ham.
- Yo`qol! Qorangni o`chir! -dedi Italyan tilida, mahalli shevada g`udurlab.
- Assalomu a`laykum Farruh! - ayol muloyim ohangda, ko`ksiga qo`lini qo`yib, O`zbek tilida salom berdi.
Yigit o`rnidan turdi va ayolga, uning usti boshiga diqqat bilan qaradi.
- Va`alaykum assalom! Kimsiz?
- Jurnalistman ismim Shukurona!
- Shukrona. O`zbekmisiz?
Ayol o`z kiyimlariga bir qarab oldi.
- Shunday desa ham bo`ladi.
- Bo`ladi, bu shunarsiz javob!
- Ha... O`zbekman, meni buvim O`zbeklar...
- Shunarli, mendan nima istab keldiz?
- Qaydam... Shunchaki suhbat qurmoqchiman!
- Mayli bemalol... Futbolga qiziqasizmi?
- Yo`q...
- Men qiziqaman! Milan shahrining shu nomdagi Futbol klubiga muhlislik qilaman! Bilasizmi bu kulibda kimlar o`ynagan?
- Yo`q, men futbolga qiziqmayman! -dedi ayol.
- Bu klubda! Darvazabon Dida, himoyachilar Maldini, Nesta, Kafular o`ynagan. Yarim hiyoda Kaka, Zedolf, Pirlo, Gatuzzo...
- Aytdim-ku... Farruh men futbolga qiziqmayman!
- Qiziqmasang, ana eshik yo`qolll...
- Farruh qizishmang men shunchaki!
Ayol Italyan tilida gapira boshladi.
- Ahmoq qilmoqchisan? Ustingga meni millatim liboslarini kiyib, uch - to`rta so`zimizni yodlab olib meni ustimdan kulmoqchisan to`g`rimi? - yigit qo`lini bigiz qilib ayolga qarab baqirdi.
- Qo`lingdagi nima? Lug`atmi?
- Yo`q bu, Odam pisihalogyasi haqidagi kitobcha...
Yigit istehzo bilan kuldi.
- Nega kulasiz? -dedi ayol.
- Jinni, aqlidan ozgan mahbusni oldiga kelishdan avval uni ruhiyatini o`rganibsanda. A`qli kalta ayol...
- Haqorat qilmang!
- Men ruhiy kasalman, buni bilasanmi?
- Yo`q aslo... Bilaman siz soppa-sog`siz. Farruh siz...
- Basss... -yigit yana istehzo bilan kuldi. - O`z manfati yo`lida soxtalik qilishini qarang bu jurnalisni... Bu dunyoda, Jurnalist zotidan jirkanchrog`i bo`lmasa kerak. O`zgalarni sirini bilib olib, ommaga yoyadi. O`zgalar hayotiga aralashadi, barbod qilayotganini o`ylamaydi ham. Senlar baring yolg`onchisanlar... -yigit xona o`rtasida u-yoqdan-bu yoqqa yura boshladi.
- Oooo`... Men haqimda ko`p narsa bilar ekansiz Farruh... -ayol ham, kuldi. - Menam siz haqizga bazi malumotlarga egaman!
- A`qildan ozganim haqidami?
- Ha...
- Qotilligim haqidachi?
- Eshitganim bor...
- Shularni bilaturib, yonimga keldingmi? Mendan qo`rqmaysanmi?
Ayol asta yigit tomonga yurdi. Xona o`rtasida turib qolgan yigitni atrofinida bir marta aylanib uni tekshirgan bo`ldi. So`ng, yigitni kravatiga o`tirib, tizzalarini chalishtirib oldi.
- Aslo qo`rqmayman. Ahir ikkimiz ham bir toyifadanmiz. Menam tentakman, men o`ldirgan odamlar siznikidan bir necha marotaba ko`proq agar shuni bilsayz...
- Olaaaa...
- Nima rostdanam meni yolg`onchi deb o`ylayabsizmi Farruh?
- Yo`lg`onmas degin? Mayli O`zbek tilida yaxshi gapirar ekansan. Bunisiga qoyilman. Lekin buvim O`zbek deb quloqqa lag`mon ilganing yoqmayabdi...
- Ishonmadizmi? Buvim asli, haqiqattan o`zbek millatiga mansub. Urushda ota onalaridan ayrilib qolishgan va boshqa bir o`zbek oylasi buvimni asrab olib tarbiya bergan. Taqdir buvumham farzand farzand ko`rmaganlar. Shunda bolalar uyidan bir uzbek millatiga mansub qizaloq asrab olganlar. Taqdir taqazosi bilan, onam Italyaga o`qishga kelib shu yerlik yigitga turmushga chiqqan. Keyin men tug`uldim...
- Ana aytdim-ku yolg`onchisan deb! Cho`pchagingni boshqa joyda aytasan...
- Farruh gapimni qolgangini eshiting... Men O`zbekiston fuqorosiman, 11 yoshgacha Poytaxt Toshkentda yashaganman. Buvim meni O`zbek qizlaridek tarbiya qilganlar. Ismimni ham o`zlari qo`yganlar. O`zimni O`zbek deb bilaman. Har holda, yurtim urf-odatlarini sizdan yaxshiroq bilaman...
- Aaahaaa, men senchalik bilmasman lekin, -yigit ayolga yaqinroq keldi. - Birinchidan isming o`zbekona bo`lgani bilan zarracha O`zbek qizining hayo-ibosi senda yo`q. Ikkinchidan oppoq oyoqlaringni ko`z-ko`z qilmaginda qorangni o`chir. Yolg`iz qolishni istayman...
- Ahmoq ekansan Farrux... Men senga yordam bermoqchiman...
- Sen yordam berasanmi? Zayifa seni qo`lingdan nimaham kelardi! -yigit temir panjarali deraza oldida kelib tashqariga tikilgancha turib qoldi. - Menga o`z otam yordam bera olmayabdi-ku, senga yo`l bo`lsin...
Ayol qiqirlab kulib yubordi.
- Nega kulyabsan?
- Otangizni kimligini bilaman... Qaysi katta karparatsiyalarni aksiyadori ekanligidan ham xabardorman. Otangizni ismi...
- Bass... Otamni ismini tilinga olma, nahangni o`ljasiga aylanib qolasan...
- Bu bilan otangizni nahang demoqchisiz, - Ayol yana kuldi. - Siz meni otam kimligini bilasizmi Farrux?
Ayol bir bo`lak qog`ozga kimningdur ismi sharifini yozdi va yigitga uzatdi.
Yigit qog`ozchadagi ismni o`qigach qah-qah. urub kulib yubordi.
- Mafiya otasini qizi! Bunaqangi ahmoqona yolg`onni umrim bino bo`lib eshitmagandim...
Ayol sumkachasidan birnechta suratni olib yigitga uzatdi.
Yigit suratlarni ko`rishi bilan ovozi o`chdi. Haqiqatdan suratdagi Yevropada dong taratgan, Italyam mafiyozi. Otasi ham hafsizligi uchun, shu mafiyaga ulush berib turgani uchun. Uning asil qiyofasidan habardor edi. Foto suratdagi, kishining yonidagi qiz qarshisida o`tiribdi. Baribir ishonqiramay, foto suratdagi kishi va ayolni yuz qiyofasini solishtirdi. Ayrim joylar, yuz, ko`zlari, quloqlari o`xshash...
- Bu fotoshopda qilingan... -dedi bunga o`zi ishonmasada.
- Yo`q haqiqiy! -ayol suratlarni oldi.
- Juda qiziq shunday badavlat kishining qizi oddiy jurnalist...
- Amakim bor Francesco Marotta... Katta baliqchilik sanoatiga egalik qiladi. Ammo, otam ikkisi baliqni qarmoqda tutib, o`zlari pishirib yeydi?
- Bu bilan yong`oqni shiqirlashi yoqadi demoqchimisan?
- Qanday yong`oq tushunmadim?
- Qo`yaver... Shunchaki aytdim... - yigit qizga yaqinlashdi, - Hoy chiroyli, menga aytchi asil ismni sharifing, aslida kimliging, maqsadingni bilmoqchiman?
- Boya aytganimda o`zbekcha ismin Shukrona... Italyancha ismim Valerina Marotta... Chindan ham jurnalistman...
- Maqsading nima menday a`qildan ozgan kimsadan nima istaysan?
Ayol javob berishga shoshilmay jilmaydi. Yigit birdam, termuldada ayyorona tirjaydi va ayol tomon yaqinlashdi. Ayol telbani ruhiyatidagi o`zgarishni ko`rib, sergak tortdi.
- Farruh nima qilmoqchisan? - ko`kragi tomon qo`l cho`zga yigitni, qo`liga jahil bilar urib, uni o`zidan nari itardi, - Yaramas bu nima qilganing?
Yigit o`zini ayoldan nari oldi.
- Seni sinab ko`rdim...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-
Faqat bir yo`nalishda to`xtab qolmay deb, mistik, fantastik janirga qo`l urdim. Bu asarni sinov tariqasida yozaman, kamchiliklar bulsa oldindan uzur...