Ra`no har bir o`zbek onasidek, uyim oylam, bolam chaqam deydigan ayollardan. Quyosh chiqganda uyg`onib, tun yarmida uhlaydi. Mana bugun ham doyimgidek sahar mardonlab turgan, o`g`ilchasini maktabiga jo`natib uy ishlariga ko`milib ketdi. Qo`li-qo`liga tegmaydi, goh sigir hashak solgan, goh bog`da timtalangan, yo kir chaygan, yo uy tozalagan.
O`choqqa qozon ilib, tagiga o`t qoyadi. Suv isitadi, so`ng kir kiyim-kechaklar, choyshob, sochiqlarni yuvishga kirishadi. U-yoqdan-bu yoqqa, go`yo uchib yuradi! Huddi qanoti borday! Hovlidagi tokning ustumlariga tortilgan chilvir arqonlarga yuvilgan kiyimlarni iladi. Orada, tagi o`chib qolgan o`choqqa o`tin qalaydi. Yondirish uchun, ko`zi tutundan achishib, o`choq tagiga puflaydi. Yana borib, tog`ara ichiga kiyim solib ishqalaydi.
Rumoliga ilinmay, osib qolib, hadeb yuzini to`sayotgan bir tutam zulfin bilagi bilan goh-goh nari surib qo`yadi.
Butun vujudi bilan qilayotgan ishiga shung`ub ketgani uchunmi, qo`llarini tog`aradan olib shu zulfini qulog`iga qistirib qo`yishga ham fursat topmaydi, o`zbek ayolida, qilayotgan har qanday ishga qalb qo`rini beradi.
Shu topda to`satdan toxtadi, qo`llarini tog`aradan olmagan holda, atrofga tez-tez sinchkov nazar tashladi. Boyagina qizi Ruhshona tokning temir to`siniga bog`langan arqon halinchalakda, qo`g`irchog`ini o`ynab o`tirgan edi. Ra`no qizi yo`qligini ko`rdiyu, ko`ngliga havotir oralandi.
- Ruhshonaaa... Asalim!
Uy ichkarisidan alla tovushi eshitildi.
- Alla bolam alla-yo,
Orom ol, qizim, alla.
Asalimsan, qandimsan,
Go`zal, qo`g`irchog`imsan.
Ra`no bu allani eshitib, ko`nglidagi hovotiri aridi. Ochiq, derazadan ichkariga bosh suqib, deraza pardasini nari surdi. Uyni o`rtasida o`yinchoqlari qurshovida to`rt yashar qizi Ruhshona, dadasi olib bergan kichikkina o`yinchoq beshikka qo`g`irchog`ini yotqizib alla aytardi.
- Ruhshona!
- Tishshsh!!! Sekinroq gapring oyi hozir qo`g`irchog`imni uyg`otib yuborasiz. O`zi zo`rg`a uhlatdim. -dedi o`ynab o`tirgan qizaloq.
- Ho`p bo`ladi...
Ra`noni lablariga tabassum yoyildi.
Tirsaklarini deraza tokchasiga, kaftini iyaglariga tirab qizalog`i aytayotgan alla ohangidan masrur turib qoldi. Yaqindagina o`zi aytadigan alla so`zlarini o`zgartirib qiziga o`rgatib qo`ygandi. Bir-ikki aytishdayoq yodlab olgani, qoyillatib ohang berib aytayotganini eshitib, zehni baland qizchasidan suyundi.
Biroz turib yana ishini davom ettirdi. Bir muncha vaqt o`tib esa tokchadagi, telifon aparati jiringladi. Epchillik bilan qo`llarini chaydida, yo`l-yo`lakay partugi etagiga artib tez-tez yurib borib go`shakni ko`tardi.
- A`lo assalom a`laykum...
Suhbatdoshi so`zlariga quloq solar ekan, avvaliga yuz qiyofasida o`zgarish bo`ldi. So`ngra rangi o`chdi. Nihoyat bo`shashib, o`tirib oldi. Bir muddat nima qilarini bilmay gangib o`tirdi. Dam o`tmay o`ziga kelib, ko`ksini ushlagancha, havotirda ko`cha tomon chopdi. Darvozaga yetmay qizi yodiga tushib ortia burldi. Qizi Ruhshonani ko`tarib ko`chaga chiqdi. Uchragan qo`shni ayoldan qiziga qarab turishni iltimos qilib, qizini qoldirdi. ``Oyi-oyi``-deb yig`lab ergashgan qizchasiga ham qaramay katta yo`l tomon chopib ketdi. Bir muncha vaqt o`tar-o`tmas qishloq adog`idagi ko`p qavatli imoratlar orasiga mashina kelib to`xtadi.
- Hoy-hoy yo`l haqqani bermading!? Hoy ayol!
Ra`no taksisning so`zlarini eshitmadi ham, o`zini bir nimadan quriq qolganday to`planib olgan olamon ichiga urdi. Turtunib-surtunib o`tib olgach zina bo`ylab yuqoriga ko`tarildi. Ochiq eshik oldidagi militsiya hodimini bir zum chalg`iganidan foydalanib xona ichiga kirdi. Kirdiyu butun badanini, qaltiroq tutdi. Ko`zlarini bir nuqatga tikkancha, qotib qoldi.
Ustiga oq mato yopib qo`yilgan bo`lsa ham, u jasad eriniki ekanligini yuragi sezib turardi. Oyoqlari bo`shashib, tanasini ko`taraolmay holsizlandi. Orqasini, eshikka suyagancha o`tirib qoldi.
Militsiyaner Ra`noni yelkasidan ohista turtdi.
- Bu yerda nima qilyabsiz?! Chiqib keting!
Buyruq ohangida do`rrilladi.
Ra`no esa qimir etmadi. Tepasida qarab turgan militsiya hodimiga bir nima demoqchidek bir ikki og`iz ochdi, lek huddi tildan qolganday ovozi chiqmadi.
Militsiner Ra`noni bilagidan tutdi.
Ra`no ustiga oq mato yopilgan jasadlar tamon talpindi. Militsiyaner esa uni bilagidan qattiqroq uslab balan ovozda:
- Hoy kim booor! Bu ayolni chiqarib yuboringlar! -deb baqirdi.
Tashqaridan yana ikki kishi yetib keldi. Ra`no jon hayvatda militsiyaner qo`lidan chiqib, emaklagudek bo`lib jasad yuzidagi matoni ochdi. Ochdiyu faryod urib ko`kragi pichoq zarbidan qiymalangan erini quchdi. Sal o`tmay, o`rnidan turib ketdi. Ko`zlari qiyilib, nafratdan lablari titradi. Avval eri Po`latning yuzida ayol bo`salaridan qolgan izlarga, so`ngra biroz narida yotgan yarim yalang`och, ustiga mato yopilgan ayol jasadiga qaradi. Kechagina doyimgidek erini kamanderovkaga kuzatib qo`ygandi! Erini goh-gohida bo`lib turadigan kamanderovkaksi, mana qanday!...
Sevib sevilib turmush qurgan yostiqdoshining hiyonati, go`yo pichoq zarbi erini tanasini emas Ra`noni yuragini qiymalagandek bo`ldi. Ko`zida yosh bilan o`rnidan turdi, ko`z oldi qorong`ulashib, ko`ngli ag`darilgudek to`mog`iga tiqildi. Nafas olishi og`irlashib yutoqdi, boshi aylangancha chayqala-chayqala xonadan chiqdi. Zinadan ikki pog`ana pastga tushgandi... Shu topda Militsiyanerni yordan so`rab vahimali baqirgan ovozi hamma yerni tutib ketdi. Ra`noni jonsiz tanasi zina o`rtasida yotardi. Boshidan oqqayotgan qon yoyilib, yanada ko`llab ketardi...
Sakkiz yoshli Temur maktabdan qaytib, hovliga qadam bosganida, mahalla oqsoqoli, qarshisida paydo bo`ldi, yelkalaridan tutib:
- Bardam bo`l bolam! -deya hamdardlik bildirdi.
Temur nima bo`lganini, tushunmas. Bilgani shu endi, oqsoqolni ``dadang, oyingdan ayrilib qoldik.`` degan so`zlari. U bu so`zlarga ishonishni istaymas, ular shu odamlar orasida yurganday, ko`zlari bilan oyisi, dadasini izlardi. Nogohi ko`zlari, supachada ammasini quchog`ida o`tirgan singlisiga tushdi. Sho`rlik qizaloqqa hechkim ota onasi endi bu olamda, yo`qligini aytishga botina olmagan. Biroq jajji qizaloq mehribonlarini yo`qotganini his qilgani uchun ham, hechkimga ko`nmay yig`lardi. Yig`layverganidan, ko`karhb, o`pkasi ishib, ketgan tinimsiz hiqqilardi. Temur yosh quyulib ko`rishga halal berayotgan ko`zlarini ko`ylagi yengiga artib oldida, tezda borib singlisi Ruhshonani qattiq quchdi, qo`ldan kelgancha ovutdi...
Ertasi Peshinga yaqin qabirtonda yonma-yon yangi qabirlar paydo bo`ldi.
``Diydasi qattiq, hissiz bola ekan!``
Qabrstondan qaytishar ekan, bazi birovlar Temur haqida shunday pichir-pichirlar ham deyishdi. Chindan ham Temurdan na bir sado, na ko`zlaridan bir tomchi yosh chiqmadi. Ko`rinishdan holos, aslida har qanday qahri qattiq ham ota-onasini yaxshi ko`radi. Hammadan ko`p u yig`ladi. Faqat ko`z yoshlarini ichiga yutdi. Hammadan balantroq faryod qildi, faryodi yuragida bo`ldi. U singlisini istirobga solishni, uni yanada qiynalishini istamagani uchun, hislarini yashirgandi...
ORADAN YILLAR O`TDI...
Aprelning o`rtalari kun tikkaga kelganda havo g`oyat isib ketdi. Qamaqxona darvozasi yonida ikkita mashina turardi. Mashinalardan sal berida eshikga ko`z tikkan besh, olti kishi to`p bo`lib kimnidur kutishardi. Nihoyat temir panjaralari birin-ketin ochib kutgan insonlari ko`rindi...
Temur qamoqdan chiqishiga, kutib olgani kelgan qo`ni-qo`shnilari, bir nechta yaqin jo`ralarini ko`rib, uyatdan yuzi qizardi. Ularni ko`ziga qarashga ham botina olmay, boshini ham qildi. Og`ir qadamlar bilan ular tomon yurdi.
Birinchi bo`lib keksa kampir uch, to`rt qadam oldinga siljib qarshisiga chiqdi.
Temur arang boshini ko`tarib kampirga qaradi.
- Assalom a`laykum, Nazira ena!
Kampir quchog`ini ochdi.
- Enang o`rgilsin bolam, - kampirni ko`ziga yosh quyuldi. Temurni yuzini ko`ksiga bosib, yelkalarini siladi. - Boshingni egma bolajonim!
Kampirdan so`ng boshqalar ham Temurni ko`nglini so`rashdi. Temur atrofga so`ng mashina ichiga ko`z tashladi. Diydoriga mushtoq inson yo`q.
Yaqin do`sti Akrom bilan quchoq ochib ko`rishar ekan:
- Singlim kelmadimi?! O`zi tuzukmi?
So`radi havotirlanib.
- Havotir olma, hechkim Ruhshonani yolg`izlatib qo`ymadi. Aytganimday ko`z qorachig`imday, asradim, himoya qildim. Chiqayotganingni eshitib, juda quvondi. Hozir, Ruhshona, Humora, qizlar bilan, kelishingni kutib uyingda o`tirishibdi!
- Rahmat jo`ra...
- Yo`q Temur, senga rahmat biz sendan juda qarzdormiz,
Do`sti Temurni yelkasiga qoqib qo`ydi...
Mashinaga o`tirib uyga qaytishar ekan. Temur ruldagi bashang kiyingan do`stiga havas bilan qaradi.
- Akrom do`stim eshitib hursand bo`ldim. Yaqinda uylanibsan, bir necha oy avval Humorani uzatibsizlar... - Temur hursundi. - To`yingda kuyov jo`ra bo`lish nasib etmadi. Hudo hohlasa o`g`illaring to`yida hazmatda bo`llish nasib etsin.
- Aytganing kelsin... Shundoq bo`lib qoldida jo`ra. Humorni uzatib onam, enam qiynalib yolg`izlanib qoldilar. Shunga meni to`yimniyam tezlatvorishdilar...
- Yaxshi bo`libdi... Uyog`dayam yangiliklarni eshib turdim. Uylanayotganingni eshitdim-u, lekin so`rashga hijolat bo`lgandim. Kilin kim bo`ldi?
Do`sti tirjayib qarab qo`ydi.
- Aziza... -o`zgacha bir ohang, huddi maqtanayotganday aytdi, bu sulv qizni ismini.
- Aziza?!
- Ha, Aziza... - Akrom qishloqni eng suluv qiziga uylandim deganday manoli qarab qo`ydi. - Ko`cha boshidagi taksist, Sherali akani qizi tanirdingu, sizlarnikiga singlingni yoniga kelib yurardi...
- Ha, u qizmi... - Temur yuragini kimdur changallab olganday, o`zini beyhol his qildi. Biroq do`stiga sezdirmadi. - Baxtli bo`lilar! -deb jilmaydi tilak bildirekan.
Mashina taxtalari omonat bo`lib qolgan, darvoza oldiga kelib to`xtadi. Tumur mshinadan tushdi. Avval o`zi katta bo`lib o`sgan ko`chaning u boshidan, bu boshigacha bir lahza qarob, ko`chasi havosida o`pkasini to`ldirib oldi. So`ng asta hovliga qadam qo`ydi. Hovliga kirgani hamoni 18 yashar judayam dilbar qiz yugurib kelib quchoqlab oldi. Hursandligidan yig`layotgan qizni, quchar ekan undan onasi rahmatlini bo`yini tuydi. Ko`zlari yumulib singlisini bag`riga bosdi.
- Go`zalim yagonam singiljonim...
- Mehribon, dardkashim akajonim, sizni juda sog`indim...
Aka singil bir-birini mehridan masrur, yonlaridagilarni ham unutib qo`ya yozishgandi.
Yana ikki ayolning salomi Temurni e`tiborini tortdi. Ikkivi ham yangi kelinchaklarday chiroyli kiyimlarda.
Birini yuzida Temurdan cheksiz minnaddorligi shundoq bilinib turar. Ikkinchisida qandaydur, uyalish, afsus hissini yashirayotganini sezish mumkun edi.
- Assalom a`laykum Temur aka.
- Va`alaykum Humora, yaxshimisan singlim. Tabriklayman baxtli bo`l...
- Rahmat Temur aka...
Temur do`stini singlisi bilan iliqqina salomlashdi.
- Assalom a`laykum, Temur aka yaxshi kelvozdizmi?
- Valaykum yaxshimisiz kelin...
Do`stini xotiniga esa e`tiborsiz, shunchaki salomlashib qo`yaqoldi...
Mehmonlar biroz o`tirib so`ng ketishdi. Aka singil yolg`iz qolishdi. Temur xovlini aylandi, uyni nuragan, zah yegan devorlariga bir-bir ko`z tashladi. Lekin shunga qaramay uy saramjon sarishta.
Supaga o`tirishdi, bir-birlariga jilmayib, mehirli nigohlarini uzmay qarashadi. Temurni nazarida singlisi ulg`ayib bo`yi yetib qolibdi. Biroq avvalgi singlisi emasday, qandaydur tashvishli. Lekin buni kulgusi ortiga yashirishga harakat qilyabdi. Ruhshonani nazarida esa, akasi o`sha o`sha. Oqarib ketganini hisobga olmasa...
- Mittivoy kotta qiz bo`lib ketibsan-u?
Kuladi.
- Akajon siz esa o`sha-o`sha!
- Qalaysan? qiynalib qolmadingmi?
Singlisi jilmayib bosh chayqadi.
- Qo`shnilar yolg`izlatib qo`ymadi.
- Kech tushganda qo`rqmadingmi?
Temur singlisi bolaligidan qorong`ulikdan qo`rqishini yaxshi biladi.
- Yo... -dedi, jilmayib, - Nazira enam har kuni chiqadilar, birga yotamiz. Qolaversa endi u qo`rqoq qiz emasman,
- Vooy sen-eee!
Temur ko`rsatkich barmog`i bilan singlisini burnini sal bosib erkalab qo`ydi. Ikkovlarini ham yuzlarida tabassum qotib, bir-birlarining diydorlariga to`ymay qarashdi. Lekin tabassumlari so`nayotgan cho`qday, asta yo`qolib borardi. Ruhshona bolaligidan mehriboni, dardkashi bo`lgan akasini ko`zlariga qarab, qalbi chil-chil bo`langanini ko`rdi.
- Azizani ko`rib, hafa bo`ldiz-a?
- Ha, yo...
- Akrom akadanchi? Ahir yaqin do`stiz!
- Akron bilmasdi, undan hafa bo`lishga asosim yo`q. Azizadan ham hafa emasman. Kim bilan bo`lmasin baxtli bo`lsa bo`lgani... Nima bo`lganda ham endi baribir otasi menga bermasdi. Qamalib chiqqan yigitni kim ham kuyov qilardi...
Akasi bu gaplar bilan o`zini aldayotgani, aslida sevganini ilib ketgan do`stidan ham, do`stiga xotin bo`lgan sevgilisidan ham qattiq ranjigani shundoqqina ko`zlarida namoyon edi.
Temur bir nuqtaga uzoq termulib qoldi. Yengil uh tortar ekan:
- Xato qildimmi? -deya shivirladi.
- Yo`q siz to`g`ri yo`l tutgansiz. - Ruhshona akasini bilagidan tutib, yelkasiga boshini qo`ydi. - Sizni ko`rdim endi, o`lsam ham armonim yo`q...
U ham pichirlab gapirdi.
O`ylarida, hayolida boshqa narsa bo`lgani uchun, singlisini pichirlab aytgan so`zlarini manosiga uncha ham etibor bermadi. Temurni hayolini bant etgan o`y ``Qamalganim, singlimni kelajagiga tsir qilmasmikin, ertaga o`zga honadon kelin bo`lib tushsa akang qamalgan deb boshini egmasmikin?!`` shularni o`ylab, g`am chekardi...
Birozdan so`ng hayollarini, o`ylarini yig`ishtirib oldida. O`zgacha qattiyat ishonch bilan dili tubidagi so`zlarni tiliga chiqarib baralga gapirdi.
- Hali hammasi iziga tushib ketadi. Yaratgan xoxlasa orzularimiz amalga oshadi. Men avvalgidek ishlayman. Sen o`qiysan, keyin tengingni topib uzataman... Niyatim, birdan bir orzuyim, seni oq libosda ko`rsam...
Akasini bunday orzularini eshitib Ruhshonani ko`zlari yoshga to`lib, hiq-hiq qilib darov yig`lab yubordi.
- Nega yig`laysan!
Singlisini boshini silab ko`z yoshini artdi.
Ruhshona jilmaydi.
- Quvonganimdan akajon quvonganimdan, borizga shukur...
Aka singil bir vaqtgacha bir-birlarini yelkalariga suyanib o`tirishdi...
IKKI YIL AVVAL...
Bohor oylari edi. Temur ishidan ruhsat olgan kuni, chakki o`tgan yerlarni tamirlamoqchi edi. O`sha kuni devor qo`shnisi bog`dagi ishlarni qildirgani 30, 35 yoshlardagi mardikor olib kelishgan ekan. Erkaklar o`zlarini ish bilan chiqib ketgan, kampir va kelini marosimga ketgan. Uyda faqat mardikorni chov, ovqatidan xabardor bo`lib turgani 18, 19 yoshlardagi qiz qolgandi. O`z ishlari bilan andormon bo`lgan qiz, shahvat o`tida yonib har bir harakatini zimdan kuzatayotgan ablah mardikorga bee`tibor bo`lgan. Suv olgani, hammomga kirgan mahali to`satdan ablah mardikor tajavus qilib qolgan. Baxtiga shu topda tomga chiqqan qo`shnisi Temur joniga oro kirgandi. Hammasi kiyin boshlandi. Temur jahil ustida o`sha ablahni oyoqlari orasiga tepgandi. Oqibatda uni bir umurga nogiron qilib qo`ydi. Ablah esa Temurni suga berdi. Bir tomondan, qastdan qilgan ishi uchun javob berishi tayin edi. Ikkinchi tomondan sudda, bo`lgan voqeani oqizmay tomizmay ayib, ayibini sal bo`lsada yengillatishi, o`sha ahlahni o`zini ham panjara ortiga tortishi mumkun edi. Ammo boshqa tomonda qo`shni qizni shani... To`g`ri nomusi toptalmagan, ammo ko`chadagi gap-so`zlar undanda beyshavat, qizni baxtiga soya solib qo`yishi mumkun edi.
Shularni tushungan Temur vijdoniga qarshi bora olmadi, sudda, tergovda bazi savollar mavhum qolib ketdi. Oqibatda ablah bey ayib jabirlanuvchi. Temur esa ikki yarim yilga ketdi... Sir esa honadondan tashqariga chiqmadi.
O`sha tajovuzga uchragan qizni ismi Humora. Do`sti Akromning singlisi. Quchoq ochib qarshilagan kampir, Nazira ena esa Humorani buvisi, qolganlar kishilar, o`sha honadon egalari va bir nechta jo`ralari edi...
Temur bo`lgan, bo`layotgan voqealarni taxlil qilar ekan, tuni bilan uxlay olmadi. Hadeb u-yoq-bu yoqqa ag`darilaverdi. Qamoqxonadagi o`rniga o`rganib qolganmi, tagidagi to`shak tikanga o`xshab botardi. Hayolidan Aziza ketmadi. Singlisi bilan pishiriq pishirgani kelib-ketib yurgan kezlarni esladi. O`shanda bir-birlarini yoqtirib, sevib qolishgan edi. Temur sevgisini izhor qilgandi. Aziza esa sevgisini javobsiz qoldirmagan edi. Orzularidagi baxtli kelajak rejalarida, uni o`rni katta edi. Lekin bugun mashinada, do`stini tilidan uni ismini eshitganda. Huddi o`zi kabi qalibini ham, temir panjara ortiga tiqib qo`yishgani his qildi. Alam qiladi. Alam. Hammasidan ham kelib-kelib do`stiga teygani. Huddi yuzdagi chandiqday, qo`shni xonadonga kelin bo`lgani alam qiladi. Istaydimi, yo`qmi oynaga qaraganda ko`rinib turgan chandiq. Uni har ko`rganida yaralari qayta ochib azob berishi mumkunligidan qiynalib o`rtanadi...
Tong ham juda immillab yorishdi.
- Akaaaa! -singlisi ko`cha, xovlini supurib qaytarkan akasini derazasini chertdi.
- Assalom a`laykum aka. Yaxshi dam oldizmi?
- Va`alaykum. Yaxshi.
- Nazarimda turi bilan uxlolmadiz?!
- Yo`q, shunchaki muhut o`zgargani sabab... O`zing ham juda beyhalovat ko`rinasan?
- Yo`g`aa akajon sizga shundoq tuyulgan, -jilmayib, tabassumi bilan akasini kayfiyatini ko`tarmoqchi bo`ldi, - Akajon nonushtaga nima tayorlab beray?
- Pamidor qo`shib, quymoq.
- Ho`p hozir... - Ruhshona uy ichidan sochuq olib chiqib Temurni qo`liga tutdi. - Yuz qo`lizi yuvib oling, ungacha tayyor bo`ladi.
Temur singlisini shu tabassumida onasini, ko`rganday bo`ldi.
Yoshlik chog`larida maktabda yozish, o`qishni yaxshi o`zlashtira olmagan kezlari onasi bir narsa o`rgatgan edi. Har kun erta tongda ko`zguga qarab, jilmayar va:
``MEN SOG`LOMMAN, MEN AQILLIMAN, MEN KUCHLIMAN`` deya takrorlab o`zini shunga ishontirar edi. Bu a`lo darajada samara berardi.
Hozir oshxona tomon ketayotgan singlisiga bir dam termulib, o`sha onasini o`gitlarini yod oldi.
Sochuqni yelkasiga tashlab, artizon oldiga keldi. Devorga qotirilgan kichikroq, ko`zgudagi o`z aksiga termuldi.
``MEN BAXTLIMAN, MEN KUCHLIMAN, MEN YENGILMASMAN.``shu so`zlarni takror, takror qaytaraverdi. Toki o`zini ishontirmaguncha.
Sog`-omon jigarimni yoniga qaytdim. Demak men baxtliman.
A`qlim, bilagimda kuchim, urub turgan yuragim bor ekan. Demak men kuchliman.
Yaxshayabmanni? Demak men hech qachon yengilmayman. Har qanday sinov qarshisida bosh egmayman...
So`zlari yakunida kuzguda butunlay boshqa Temurni ko`rdi.
Biroz badan tarbiya qildi. So`ng muzdak suvga, yuz-qo`lini yuvdi. O`zini-o`zi ruhlantirib, bir onga bo`lsada avvalgi Temurni ko`ra olganidan xursand edi.
- Ruhshona... Dugonajon...
Shu topda darvozaxonadan ovoz keldi. Temur ovoz egasini darov tanidi. Singlisi oshxonada bo`lgani uchun, o`zi bordi.
- Kim? -kimligini bilsada.
- Enam somsa, berib yuborgandilar!
Temur darvozani ochdi. Qarshisida Akromni xotini Aziza turardi.
- Assalom a`laykum Temur aka. Sahar turib issiq non, somsa yopgan edik, enam ilindilar...
Aziza dasturxonga o`ralgan ikkita non o`ntacha somsani Temurni qo`liga uzatdi.
- Rahmatimni enamga yetqatib qo`ying...
- Temur aka Ruhshona qani?
- Oshxonada edi, xozir chaqirvoraman!
Temur ortiga burildi. Shu dam Aziza lip etib darvoza hatlab ichkariga kirdi va Temurni yelkasini ushladi.
- Temur aka, -dedi past titroq ovozda. - Men haligi...
Temur taqqa to`xtadi, hech nima demay Azizaga qarab qoldi. Aziza ko`zlarini yerdan uzmas, bir nimalar demoqchi bo`lar, biroq gap topolmasdi.
- Hozir Ruhshona chiqadi...
- Temur aka, men bilmabman. Hamma sizni ichvolib bezorilik qildi degandi... Men bilmabman...
- Hayotimda og`zimga aroq olmagan!..
- Bilardim. Keyin aslida nima bo`lganini. Bilganimda kech...
- Aziza menga izoh berishga majbur emassiz. Men sizni unutdim, bugundan boshqacha yashashga qaror qildim...
- Ahir men sizni see...
Temur Azizaga o`qraydi. Do`stiga tegib olib, yana sevgi haqida gapirayotgan beyvafoni so`zlari hamzatiga tegdi.
- Seni ko`rish tugul, sen haqingda o`ylashni ham istamayman. Iltimos boshqa bu xonadon eshigini hatlab ichkariga kirma. Ruhshona kerak bo`lsa chaqir, o`zi oldinga chiqadi, - Temur Azizani chimirilgan qoshlari, alamdan qiyilgan ko`zlariga bir nazar tashlab qo`ydi. - Sen birovni hasmisan. Bu gunohkor dunyoda gunohga botgan insonman. Endi sevgimiz haqida o`ylashga ham haqqimiz yo`q... - Temur alam bilan jilmaydi, - Nazira enamga rahmatimni ayting qo`ying kelin...
Temur shunday dediyu ortiga buruldi.
Supachaga yetganda Ruhshona oshxonadan bo`y ko`rsatdi.
- Aka chaqirgan kim ekan?
- Qara Nazira enam, issiq non bilan, ko`ksomsa berib yuboribdilar, - Temur supachaga yozilgan dasturxon ustiga qo`ydi. - Ovqating pishdimi?
- Mana xozir,
- Bay-bay-bayyy! - Temur oshxonadan kelayotgan ovqat isini xidladi. - O`zimni pazanda singlim!
Maqtab qo`ydi.
Aka-singil o`tirib yoshlikni, yaxshi kunlarni eslab kulishib nonushta qildi...
Mahalla oqsoqoli va enspektiri chaqirtirgan ekan. Temur ota-onasi qabri boshiga kelib, qaytar ekan ular yoniga kirdi. Ikkisi o`rtaga olib naq bir soat ichkilik oqibatlari haqida mazura o`qidi. Afsuski aslida nimalar sodir bo`lgani, Temur hayotida og`ziga aroq olmagan, bundan keyin ham olmasligini ular bilmaydi. Yana nasihat qilayotgan bu kimsalar har ikki gapda ``Ichmagingda!`` deyishi Temurga og`ir botadi yoqmaydi. Biroq tishini-tishiga bosib ``Meni foydam uchun gapiryabdi-yu!`` deb o`zini ishontirib, jim tinglaydi.
- Temur bekor yurmay biror ishni boshini tut! -deyishdi mahalla faollari.
Temur oqsoqol taklif qilgan ish o`rinlarini rat etib, o`zini eski ishlagan joyiga bordi. Afsuski bo`sh o`rin yo`q ekan. Tushga yaqin uyga qayti. Oqsoqolga yalingisi, qamalib chiqqani, yana qishloq odamlari nazlida ichvolib bezorilik qilgan yigit bo`lgani uchun, qishloqda ishlashni istamasdi...
Uyga qaytdi, garajda chang bosib yotgan dadasidan qolgan eski jigulida biror ish qilarman degan qarorga keldi. Mashina itarib hovliga olib chiqdi, changini artdi.
Shu kuni nimadur izlab xashakxonaga kirdi.
- Ruhshona... -baqirdi, - Hoy Ruhshonaaa!
- Labbay aka...
Yugurib chiqdi.
Temurni qo`lidagi bir bakalashka benzin va gugurtni unga ko`rsatdi.
- Hashakxonaga bularni sen olib kirdingmi?
- Men haligi...
Ruhshonani rangi o`chdi.
- Bu narsa juda hafli, yana yonida gugurt ham turibdi. Hudo ko`rsatmasin ot olib ketsa nima bo`ladi?
Ruhshona ko`zlarini jovdiratdi, boshini egdi.
- Men bilmabman... Haya anovi o`choq tagidagi o`tinga, sepib yoqmoqchi edim, esimdan chiqibdi...
- Aytdim-ku bu hafli tez o`t oladi. Yuzinga qaytarib urushi mumkun. Yaxshisi qog`oz, yoki hashakdan bir tutam tashlab yoqgin!
- Ho`p aka!
Balant ovozda tergaganidan, singlisini rangi oqarib ketgani ko`rib:
- Singlim seni urushmayabman. Shunchaki bu hafli ekanini tushuntiryabman, -Temur asta yaqinlashdi, -Shunga hafa bo`ldingmi?
- Yo aka...
- Unda bir jilmayginchi...
Ruhshona jilmaydidi. Ammo bu jilmayish omonat qurulgan kapga o`xshab bir necha sonyalik holosdi...
Davomi bor...
Muallif: -MAJNUN-