Erkak kipshping orgazmi nisbatan sodda bo‘lib,
ikki bosqichdan: orgazm oldi va orgazm
bosqichidan iborat. Orgazm oldi bosqichida jinsiy
a’zo nihoyatda taranglashib, qo‘zg‘alish o‘z
cho‘qqisiga yetadi. Olatning bosh qismida
qitiqlashda paydo bo‘ladigandek o‘ziga xos jinsiy
hislar yuzaga keladi. Shunda friksion harakatlar
darhol to‘xtatilsa, birinchi bosqich tormozlanishi
va orgazm to‘xtab qolishi mumkin. Bu usulni
ko‘pchilik er kaklar jinsiy yaqinlikni uzoqqa
cho‘zishda, ayolning jinsiy ehtiyojlarini butunlay
qondirish yoki ayol orgazmini kutish, ayolning
qo‘zg‘alishini kuchaytirish va boshqa
maqsadlarda keng qo‘llaydilar. Birinchi
bosqichning kechishini ruhiy tomondan nazorat
qilish, davomiyligini boshqarib borish e’tiborli
erkak kishi uchun murakkab emas. Ikkinchi
bosqichga o‘tgandan so‘ng orgazm hislari na-
zorat doirasidan chiqib, shaxsni «qo‘lga oladi».
Orgazm hislari tugagunga qadar shaxsning xatti-
harakatlari his etilayotgan orgazm bilan
belgilanadi.
Olat boshida paydo bo‘lgai jinsiy qitiq olatning
mukammal darajada taranglashishiga,
kattalashishiga, muskullarning qisqarib, urug‘
kanallaridan maniyning ma’lum tezlikda bo‘linib-
bo‘linib otilib chiqishiga olib keladi. Bu tibbiyotda
eyakulyatsiya deyiladi. Ayol kishidagi toz
pulsatsiyasi erkak kishi tomonidam nihoyatda
ijobiy his etilishi kabi, erkakning eyakulyatsiyasi
vaqtida olatning vertikal ritmik ravishdagi
harakatlari va maniyning qinga tushishi ayol
kishining shirin hislarini yanada kuchaytiradi, ayol
nihoyatda yoqimli ha-roratni his etadi.
Agar er-xotin bir vaqtda orgazmni his etsa,
ikkalasining lokal organik hislari va umumiy
emotsional holatining sifat jihatdap keskin
yaxshilanishiga olib keladi (bunday hollarda juftlik
so‘z bilan tasvirlash murakkab bo‘lgan niqoyatda
chuqur, shirin, takrorlanmas darajadagi hislarni
boshdan kechiradilar). Eyakulyatsiya vaqtida
urug‘ kanallari qanchalik siqilgan, taranglashgan
bo‘lsa, hislar ham shunchalik kuchli bo‘ladi.
Shuning uchun orgazm vaqtida ba’zi hislarni
kuchaytirish maqsadida erkaklar orgazm oldi va
orgazm bosqichidagi holat-ni biroz o‘zgartirib,
ongli ravishda maniyning chiqishi-ni to‘xtatib
hissiyotni o‘tkirlashtiradilar.
Juftliklarning bir vaqtda orgazmni his
qilishlarining ustunlik tomonlaridan biri shundaki,
toz pulsatsiyasi, o‘z diametrida vaqt-vaqti bilai
torayayotgan qin nihoyatda taranglashgan olatni
siqadi, olatda naydo bo‘l-gan o‘tkir sezuvchanlik
va maniyning birmuncha siqilib chiqishi lokal
organik hislarni nihoyatda kuchaytiradi
Orgazmniig o‘ziga xos xususiyatlari. Ayollar
orgazmi lokalizatsiyaga binoan klitor orgazmi, qin
orgazmi va aralash - kombinatsiyalashgan
orgazmlarga bo‘linadi. Er-kak kishi tomonidan
klitorning yetarlicha qo‘zgatilishi va bu
qo‘zg‘atishning boshqa joylarni erkalatish bilan
birgalikda olib borilishi natijasida ayollarning bir
qismi (tez qo‘zg‘aladigan ayollar) friksion
harakatlar-siz ham, hatto olat qiniga kirmasidan
turib ham to‘liq orgazmni his etishlari mumkin.
Bunga klitor orgazmi deyiladi.
Ayollarning fikricha, klitor orgazmida tuyuladigan
his qin orgazmida tuyuladigan hisdan ustun
turadi. Qin orgazmi bir necha bor takrorlanadigan
bo‘lsa, yushtor orgazmi (ayrim o‘ta ehtirosli
ayollardan tashqari) ko‘pchilik ayollarda bir jinsiy
yaqinlikda bittadan ortiq bo‘lmay-di. Ammo,
yuqorida aytilganidek, kuchi, intensivligi bitta
maylning o‘zida kuzatiladigan qin orgazmidan ikki
barobar kuchli bo‘ladi. Ko‘pchilik erkaklar jinsiy
hayotida ayolining yushtor orgazmni his etmasligi
ularning jinsiy tajribasizligidan kelib chiqadi.
Friksion harakatlar natijasida ayolda yuzaga kela-
digan orgazm qin orgazmi deyiladi. Qin orgazmi
keng tarqalgan bo‘lib, hatto jinsiy hayot tajribasi
kam bo‘l-ganlar ham qin orgazmini biladi (agar,
umuman, orgazm nimaligini bilsa, hayotida his
etgan bo‘lsa). Ammo, shu bilan birga, qin
orgazmini har bir jinsiy yaqinlikda his etish erkak
va ayoldan ma’lum bilim, fahm-farosat, ko‘nikma
va malakalarni talab qiladi. Bu masalada key-
inroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Qin, klitor orgazmining qo‘shilib kelishi yoki,
aniqrog‘i, erkak kishi tomonidan klitorning
maksimal qo‘zg‘atshshshi va parallel ravishda
friksion harakat- larni davom ettirish natijasida
kombinatsiyalashgan orgazm yuzaga kelishi
mumkin. Cho‘zilgan-to‘lqinsimon orgazm, odatda,
nihoyatda ehtirosli, katta jinsiy ehtiyojga ega
bo‘lgan ayollarda kuza-tiladi. Bunday ayollarning
orgazmlari juda tez va oson yuzaga kelib,
orgazmlar orasida jiddiy tanaffusni talab qilmaydi
va bir-biriga ulanib ketaveradi. Ayollarning
ma’lum qismida bir martalik orgazm ku-zatiladi.
Qo‘zgalish kuchayib, friksion harakatlar, erkak
kishi tomonidan erogen zonalarining silanishi
natijasida ayol orgazmni his etib, so‘ngra jinsiy
tanaffussiz takror orgazmni his eta olmasa,
bunday orgazm bir martalik orgazm deyiladi.
Orgazmdan so‘ng bunday ayollarda qo‘zgalish
keskin susayib, nolga tenglashadi. Orgazm grafigi
erkaklar orgazmiga o‘xshash bo‘ladi.
Orgazm bosqichlaridagi isixofiziologik holat.
Orgazmni his etayotgandagi emotsional holat va
hissiyotga kura ayollar nihoyatda ta’sirchan,
o‘rtacha va mutlaqo his-ha-yajonsiz toifalarga
bo‘linadilar. Hissiyotlilik ayolning ehtirosi
toifasiga, hissiyot kuchiga, yoshiga, fiziologik
holatiga, milliy hayot tarzlariga va jinsiy yaqinlik
bo‘la-yotgan shart-sharoitga bog‘liq. Shuiing
uchun ayolning jinsiy hissiyotini to‘gridan-to‘gri
biologik ehtirosi orqali belgilash xatodir. O‘ta
ta’sirchan yoki o‘rtacha ta’sirchan (ekspressiv)
bo‘lgan ayollarda orgazm oldi va orgazm bosqi-
chida kuyidagilarni kuzatish mumkin: - turli
ovozlar chiqarish, baqirish, yig‘lash; - erini
chimchilashi, tirnashi, yumdalashi, urib tashlashi,
itarib tashlashi, qattiq quchoqlab olishi; ko‘zning
kattayishi, yumilishi (ko‘pchilik ayollarda
uchraydi); erkakni tishlashi, o‘pishning so‘rishga
aylanishi; - hushidan ketgan kabi holatga tushishi,
fiziologik, soxta hushidan ketishi; - «jonginam»,
«azizim», «bunchalar yaxshi» kabi qalb
so‘zlarning samimiy va beixtiyor aytilishi va
boshqalar. Ekspressiv bo‘lmagan ayollarda
yuqoridagi emotsional xatti-harakatlarning
bittadan ortig‘i kuzatilmaydi. Ekspressivlik qanday
bo‘lishidan qat’i nazar, barcha ayollar
organizmida quyidagi o‘zgarishlar zaruriy ra-
vishda yuzaga keladi: terining qizib, qizarib
ketishi; barcha sekretsiya bezlari ishining
kuchayishi, so‘lak bezlari konsentratsiyasining
oshishi; tomir urishiniig bir miiutda 110—180 taga
yetishi; sistologik qon bosiminiig 30-80 mm,
diastolik-ning 20-40 mm simob ustuniga oshishi;
o‘pka giperventilyatsiyasi; - ayolning jinsiy
a’zosidagi toz pulsatsiyasiningbachadondagi
bosimi pasayishi, qindagi bosiminiigoshishi va
natijada «pipetku effektniy» yuzaga keltiradigan
bosim muvozanatsizligining yuzaga kelishi,
bachadonniig orqaga, yuqoriga surilishi, bachadon
bo‘ynining uzayishi va bachadon bo‘ynidagi shilliq
«tiqin» ning qinga chiqib, bachadon bo‘ynining
bo‘shashi va maniyning bachadon tanasiga
kirishiga optimal sharoitni yuzaga keltirishi.
Ekspressivlik jihatidan ayollarni tasnif qilish
nihoyatda shartli bo‘lib, bu guruhlar orasida bir
necha oraliq guruhlar ham mavjudligini
unutmaslik kerak. Hatto bir ayolning o‘zi ma’lum
yoshda nihoyatda ekspressiv bo‘lishi va ma’lum
yillardan so‘ng o‘rtacha ekspressiv holatga
tushishi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Bu
nihoyatda ko‘p omillarga bogliq. Jinsiy ehtiyojlari,
jinsiy xulqi, jinsiy hayotdagi o‘ziga xoslik,
orgazmni his etish xususiyatlari jihatidan ayollar
erkaklarga nisbatan nihoyatda murakkab va
xilma-xil. Buni erkaklar unutmasliklari va o‘z jufti
halolining oilaviy hayotda ham, jumladan, jinsiy
hayotda ham o‘ziga ma’lum bo‘lmagan
tomonlarini ochishiga yordam berishlari lozim.