Mehribonlarim...
Erta tong... Quloqqa telefonning yoqimsiz jiringlashi eshitildi. Shirin uyqu rasvo bo'ldi. Ko'zni arang ochib qo'limni telefonga uzatdim. Uyqu aralash javob bera boshladim.
-Alo.
Telefondan yoqimli ovoz keldi. Bu sevgan qizim Dildora edi.
-Alo, haliyam turmadizmi uyquchi. Soat ham 7 bo'lib qoldi. Turing endi! O'qishka kech qolas.
-Eee, har kuni bir xil gap. Biror kun meni unutasang, men mazza qilib uxlavolardim.
-Sizi unutib bo'larkanmi. Ha bugun uchrashamiz, tushda. Esizdami?
-Esimda.
Biroz jerikib gapirsam-da, u bunga ko'nikkan. Unchalik e'tibor bermadi.
U yana bir nimalar dediku, lekin men uyqu aralash tushunmadim. Ko'zim uyquga ketdi. Qanchadir vaqtdan so'ng onam chaqirdilar.
-Kamron, tur o'qishka kech qolasan.
-Hozir-deb baqirdimu, lek hech turgim kelmasdi.
Oxiri turishka majbur bo'ldim. Yuz qo'lni yuvdim, nonushta qilib o'qishka shoshildim. Yo'l-yo'lakay naushnikda qo'shiq eshitib borardim. Atrofni qo'shiq orqali kuzatish ajoyib-a! Hamma qaygadir shoshkan, kimdir ishka kimdir o'qishka. Mana men ham tibbiyot institutga yetib keldim. Bugun odam kamroqmi deb darsga yo'l oldim. Birinchi para anatomiya edi. Xonaga kirib barcha gruppadoshlar bilan ko'rishardim. Bu marosimni tugatishim hamonoq semiz, tepakal, yoshi 50dan oshkan "jonajon" domilamiz kirib keldi. "Ana boshlandi" dedim ichimda. Hamma joylariga joylashdi va dars boshlandi. Barchaning nigohi domlada. Meniki ham. Lekin hayolim boshqa joyda. Yaqinda Dildoraning tug'ilgan kuni. Nima sovg'a olsam ekan. Balki soat olarman. E yo'q. O'tkan yili 8-martda sovg'a qilgandimku. Yoki... Yo'q yaxshi gruppadosh qizlardan maslahat so'rayman. Shu o'y keldiyu, hayol aralash oldimda o'tirgan Nargizani turtdim.
-Nargiz, tug'ilgan kuninga qanaqa sovg'a olishni istarding.
-Aaa? Kamron tinchlikmi? Rostan ham menga sovg'a qilmoqchimisiz.
-Yo'q, haligi...
Men so'z topa olmayotganimda domla bizga qaradiyu, meni turg'azdi. Bu gapni tanaffusda so'rasam ham bo'larkan.
-Abdullayev, mana shu savolga siz javob bering-chi?
-A? Domla uzr eshitmapman?
-Nega beparvosiz darsga? Siz ahir bo'lajak shifokorsiz! Odamlarning hayoti sizning qo'lingizda! Unutmang. O'tiring.
Yuzlarim qizarib endi o'tirmoqchi bo'lgandi, telefon jiringlab qolsa bo'ladimi! Eh, hozir olib qo'yadi. Shunday ham bo'ldi. Endi domlaning ortidan chop-chop qilish kerak. Hayol bilan bo'lib, ovozsiz rejimga qo'yishni unutibman. Darsdan so'ng shularni vaj qilib, domladan arang oldim. Tashqariga chiqdimu, to'g'ri Nargizaning oldiga bordim.
-Hali darsda meni tushunmading. Dildorani yaqinda tug'ilgan kuni. Shunga uning uchun sovg'a tanlashib yubor degandim. Har qalay xolavachchangku.
Bu gapimdan keyin uning yonib turgan ko'zlari o'chdi, yuzidan tabassum ketdi. Lekin, buni menga bildirmadi.
-Ha shungami. Mayli, darsdan keyin bo'ladimi?
-Yo'q, darsdan keyin u bilan uchrashuvimiz bor. Ertaga, maylimi.
-Ho'p. Mayli.
U dugonalarining ortiga qarab ketdi. Uning ortidan nigohlarim bilan kuzatarkanman, aynan shu qiz bo'lmaganda men Dildorani qayerdan ham uchratardim. Nargizani o'zimga do'st deb bilardim. Bir-birimizni yaxshi tushunardik. Dildorani uning tug'ilgan kunida uchratkandim. Unda hali institutga topshirmagandik. Nargiza bilan kollejda birga o'qirdik. Shu kuni men uning xolavachchasini bir ko'rishda sevib qoldim. Bazm tugagandan so'ng, tashqariga chiqqanimizda u haqida Nargizadan so'rab-surishtirdim. Uning ismini, yoshini, qayerda o'qishin, qisman nimalarga qiziqishini ham. Xullas, shu voqea sabab men sevgimni topdim. Dildora bilan tanishkanimdan so'ng, Nargizaga bo'lgan e'tibor kamaydi. U bilan bo'ladigan suhbatlar men uchun ma'nosizday edi. Lekin bu menga sezilmasdi.
Ertasiga darsdan keyin Nargiza bilan do'kon aylandik. To'g'risi u menga sovg'a tanlashga yordam emas, xalaqit berardi. Duch kelgan narsani taklif qilaverardi. Bu g'ashimni keltirsa ham menga yoqayotkandi. Bir qarorga kelolmasdik. Kiyim kechak do'koniga kirdik. Nargiza ko'k kofta tanlab, shuni oling degandek imo qildi. Ammo bu juda kalta edi. Menga yoqmaganligimni aytishka xojat qoldirmadi. O'zi tushundi. Saldan so'ng qo'lida pushti rangli ko'ylak ko'tarib keldi.
-Qaley, Kamron. Dildorga yoqarmikin?
-Qaydam, balki yoqar. Nargiza keling siz kiyib ko'rsating. Axir Dildor bilan bo'yingiz tengku.
-Mayli, men hozir.
U shunday deb xuddi bu ko'ylak o'ziga olinayotkandek xursand holda kiyim almashtirgani kirib ketdi. Men bekor qoldim. Biroz telefon titkilay deb ekranga yuzlandim. Atrofda odam ko'p, hamma yoq shovqin. Shunda bir tanish ovoz quloqqa chalindi.
-Jonim, yuring. Bu yerda hamma narsa modadan qolgan ekan.
-Xo'p, asalim. Ketdik.
Avvaliga bu suhbatdan sal o'zimga kela olmadim. Ortga qaradim. Tanish ovozlar uzoqdan eshitilardi. Shovqin suron orasidan shu ovozni ravon eshitardim.
-Yo'g'e... Rostanmi... Ajoyibsiza...
Yugurib borib uni yuzini o'zimga o'girdim. Qo'rqqan narsam amalga oshdi. Bu Dildora edi. U menga o'girildiyu, ko'zlari katta-katta ochildi. Yonidagi jo'jaxo'roz o'zini katta olib, menga o'dag'aylardi. Jag'iga yaxshi tushgan mushtdan keyin chakagi tindi. Indamasdan ortiga qarab ketdi. Men esa Dildoraning ko'zlariga qarardim. Bu aybdor ko'zlar endi mening nigohlarimdan qochardi. Unga hech bir so'z demadim. Ortga burildim. Burildimu, ko'zim Nargizaga tushdi. U ham meni qanday ahvolda ekanimni tushunardi. Shunga indamadi. Menga ergashdi. O'zimga kelolmasdim, nega bunday bo'ldi? Unga shunchalar ishonganmidim. Ha, qattiq ishonibman. U meni ishonchimni ojizlik deb bildi. Afsuski...
Men Nargizani uyiga kuzatarkanman, faqat shu yerga kelgandagina u menga gap ochdi.
-Tuzukmisiz?
Ahvolim yomon bo'lsa ham miyig'ida kulib, "ha" dedim. U bu javobdan so'ng uyiga kirib ketdi. Qo'l soatga qaradim. Soat 5 bo'libdi. Sekin uyga qaytardim. Hayolda turli o'ylar. Nega bunday bo'ldi, nega? Xato kimda edi. Mendami yoki ... Qiziq, qachondan meni aldardi ekan. Balki, faqat men emasdirman unga aldangan. Bu ro'yxat keng bo'lsa ajabmas. U meni sevarmidi o'zi. Sevmasdi... Agar sevganda xiyonat qilmagan bo'lardi. Eh, shunchalar ham sodda bo'lamanmi. Shu ohu misol ko'zlarga aldandimmi?
Hayol bilan yo'ldan adashib qoldim. Huddi uni sevganim kabi. Boyadan beri kimdir meni kuzatgandek tuyulayotkandi. Boshi berk ko'chaga kirib qolibman. Sevgimdek. Ortka qaradim. 5-6 qadam narida 5 kishining sharpasi ko'rindi. Barchasi baquvvat ekan. Bittasidan tashqari. Unisi sal nimjon ekan. Mening oldimga yaqinlashib yuzini telefon orqali yoritdi. Bu do'kondagi jiblajibonku.
-Senmi hali meni uradigan?
Hind filmlari shaydosi shekilli. Huddi aktyorlardek gapirardi.
-Menman. Xo'sh, nimaydi?
Men ham bo'sh kelmaslikka harakat qildim.
-Meni qizimni oldida kaltaklading. Endi o'sha qiz oldida mendan kechirim so'raysan.
-So'ramiman. Endi qoch yo'limdan.
Uni yelkasidan turtib oldinga qadam tashlaganim hamonoq, orqa miyamga temir bilan urishdi. Barcha narsa alg'ov dalg'ov bo'lib ketdi. Yerga yiqildim. Shundan keyin ham rosa tepkilashdi. Men xushimni yo'qotdim.
Qorong'ulik... Bir xonada yolg'izman. Qayerdandir Dildora paydo bo'ldi. Mening quchog'imga otildi. Uni quchdim. Keyin bir qarasam quchog'imda ilon yotardi. Qo'rqib ketdim. Yugurib qocha boshladim. Lekin hech uzoqlashmadim. Birdan ilon simga aylandi. Uni ushlashka qo'llar oshiqardi. Men xohlamasdim. Ammo... Simni ushladim. Tok urdi. Qo'yib yubordim. Bu ishni yana 2 marotaba takrorladim. Endi hamma joy qorong'ulashdi. Hech vaqo ko'rinmasdi. Faqat eshitilardi. Kimdir yig'lardi. Kim ekan. Ovozidan taniy boshladim. Ahir bu onam-ku. Xo'ng xo'ng yig'lardi. Kimdir onamga gapirardi.
-O'g'lingiz hozir hamma narsani eshitadi. Lekin hech qanday reaksiya ko'rsatolmaydi.
-Bu qanchaa davom etadi?
-Bir narsa deyolmayman balki ...
Qolgan gaplarini eshitolmadim. Ovoz xuddi uzoqdan kelayotkandek edi. Saldan so'ng barchasi o'z holiga qaydi. Men yana eshitardim. Kimdir qo'limni ushladi. Nahot bu Dildora bo'lsa. Uni kechirsammikan? Yo'q, u meni sevmaydi. U menga xiyonat ...
Xayollarimni mayin ovoz to'zg'itib yubordi.
-Kamron. Turing endi. Nega buncha onangizni qiynadingiz? Axir uni sizdan boshqa kimi bor? Ayting? Ko'zingizni oching. Rostini aytsam, men sizni kollejdan buyon sevardim. Rashk qilardim, qizg'onardim. Sizsiz men yasholmayman. Iltimos, irodali bo'ling. Hayotga qayting. Siz buni uddalaysiz.
Boshida bu qizni bevafo Dildora deb o'ylgandim. Lekin bu Nargiza edi. Meni eshitishimdan xabari yo'q barcha narsani aytib yubordi. Negadir qo'l xo'l bo'lardi. Nargizani ishi bo'lsa kerak. Tepamda xiqqillab turipti. Bunga g'ashim kelardi. Lekin xech qanday qashilik ko'rsatolmasdim.
Nargiza meni sevarmidi? Buni xech sezdirmagan. Yoki Dildoraning noz-u karashmalari oldida, men buni payqamaganmikanman? Men qayerdagi bevafoga ko'ngil beribman, asl baxtim yonimda ekanku!
Bilmadim, bu suhbatlarni qancha kun eshitdim. Bir kuni tunda ko'zimni ochdim. Yonimda Nargiza o'tirib uxlayapti. Boshi mening boshim yonida. Endi navbat qo'lga edi. Barmoqlarimni asta qimirlatdim. Birozdan keyin qo'limni ko'tarib, Nargizaning boshidan siladim. U uyg'ondi, tezda menga qaradi. Qaradiyu, xursandligidan qichqirib yubordi. Meni unga birinchi savolim shu bo'ldi:
-Onam qanilar!
Buni eshitib yanada suyindi. Ko'zida yosh to'lib javob berdi:
-Narigi palatada.
Bu gapdan qo'rqib ketdim.
-Tinchlikmi? Nima qildi ulaqga?
-Hech nima. Shunchaki bizni xonada choy damlagani sharoit yo'qda.
Bu gapdan biroz taskin topdim. Yana xazilkashligim tutdi.
-Xo, men bu yog'da kasalmanu, sizlar choyxo'rlik bilan bandsizlar.
Meni o'z xolimga qaytkanimdan juda quvonardi.
-Ha endi ayollar ham chanqaydida.
-Yaxshiku, choyni avvallari kichiklar damlardi. Nima men xushsizligimda zamon o'zgardimi?
-Yo'g'e. Shunchaki, endi onangizni navbati edi.
-Iye sizlar navbat ham qilvoldilami. Ertagela turmush qursangiz qaynangizni cho'ri qilib qo'yasiz shekilli.
Nargiza biroz qizardi.
-Yo'g'e, qaynona ham ona. Uni ham xurmat qilish kerak.
Endi gapirishka og'iz juftlagandim, onam kirib keldilar. Eshikni yoparkanlar eshik ortiga bir narsalar deb gapirdi va uni yopdi. Men onam kirganida ko'zimni yumib olgandim. Nargizani bundan xabarsiz edi. Onam Nargizaga gap qotdi:
-Qo'shni palatadagilar juda yaxshi odamlar ekan. Tanishib ...
Nargiza xayajonlanib yangilikni onamga to'lqinlanib gapirdi. Men ham xuddi bir ishni do'ndirgan odamdek ko'zimni ochdim. Onam buni ko'rib Nargizadan 100 karra ortiq suyundi. Ro'sa yuz ko'zimdan o'pib erkaladi. Onam bag'rida o'zimni tinch, xotirjam xis qilardim. Keyin Nargiza doktorlarni chaqirgan chiqib ketdi. Shunda onam menga:
-Shu Nargiza ham bor bo'lsin. Seni oldingdan bir qadam ham siljimadi. Umridan baraka topsin.
-Ona, menga nima bo'ldi o'zi.
-Bolam, ko'cha bolalarida, yashshamagurlar. Seni tuproq bilan bir qilib ketishipti, yer yutkurlar.
-Onajon, qarg'amang. Meni kim olib keldi.
-Nargizada!
-Qanday topibdi?
-Telefonini qidiruvidan dedimiye. Xullas shunaqa?
-O'zimni sodda va xokisor onam. Doim yonimda bo'ling, ilohim.
-Aytkaning, kelsin. Seniyam boshing toshdan bo'lsin, bolam.
Shu payt doktor, uning ortidan Nargiz kirib keldi.
-Ho'sh, bares. Qale ahvollar?
-Assalomu alaykum, ahvolim yaxshi.
Bu gapimdan keyin doktor ko'zimni ko'rdi, pulsni o'lchadi.
-Hammasi yaxshi. Endi o'zingizni ehtiyot qiling.
Eshik tarafga qaradiyu, ortga o'girilib onamga yuzlandi.
-Opajon, bir ikkita rasmiyatchilik ishlari bor. Shukarga qo'l qo'yib yuborasiz-a?
Onam hozir dedi, yuzimga yuzini bosib, peshonamdan o'pib, doktor ortidan tashqariga yuzlandi. Xonada yana ikkimiz qoldik.
-Xo'sh, urushqoq. Kim sizni bu axvolga soldi.
-Ha, o'shanda sal ko'proq ichuvdim. Mana natijasi - dedim boshimni ko'rsatib.
Nargizni qoshi chimirildi.
-Aldameng, sizni kimdir rosa urgan. Yana birorta qizga gap otkandursizda-a?
Bu gapidan o'zimni jahlim chiqqanday ko'rsatdim.
-Hada, meni bunda boshqa ishim yo'qda?
Uni yuzida kulgu paydo bo'ldi.
-Ho'sh bu yerda qanchadan beri yotibman?
-1 oydan beri. Faqat yotmadiz, uxladiz.
-1 oy? Nimalar deyapsan? Axir imtixonlar bor edi. Endi meni xaydashadi.
Uni yolg'on gapirayotkanini sezsamda, atay o'zimni ishongadek tutardim.
-Ajab bo'ptida! Endi yanagi yil boshidan topshiraverasiz! Men bitirganimda siz hali ham o'qiyotkan bo'lasiz.
-Men o'laman desam, sen kulaman deysana.
U endi gapirmoqchi edi. Xonaga onam kirib qoldilar. Yaxshi bo'ldi. Agar kirmaganida oramizda daxanaki jang bo'lishi aniq edi.
-O'g'lim, yana 2 kundan keyin senga javob berisharkan.
-2 kun. Ko'pku.
-1 hafta yotding. Yana 2 kun chidaysan.
Onamning mehrli va anchagina qattiq gapidan keyin indamadim. Nargizga qaradim. U ortiga qarab nuqul kulardi. Nega kulayapti? Meni aldaganigami yoki yana 2 kun yotishimgami? Bilolmadim.
-Oyoqqa turib olay, ko'rasan.
-Avval turib oling, keyin gaplashamiz, Kamro.
Shunday chaqirishini eshitdimu, kulgim qistadi. Qancha kulmayman deb tirishsam ham bo'lmadi. Ikkimiz ham kulib yubordik.
Oradan bir oy o'tdi. Hammasi joyiga tusha boshladi. Lekin, Dildorni o'ylasam ko'nglim allanechuk bo'lib ketardi. Endi men Nargiza bilan yanada yaqinroq edim. Har kuni birga edik. Ammo uni shunchaki yoqtirardim. Buni o'zi ham bilardi. Ba'zan "Mening sevgim ikkimizga ham yetadi" deb aytadi.
2 yildan so'ng men institutni tugatdim. Yo'q, biz tugatdik. Yaxshi ish topdim.
Hozir uyga qaytarkanman, yo'l-yo'lakay ayolimga qo'ng'iroq qildim.
-Alo, onasi. Qalesilar.
-Assalomu alaykum. Biz yaxshimiz. Dadasi kelyapsizmi.
-Ha, qaytayapman. Bolalar va oyim tayyorlanip turishsin. Bugun aylangani chiqamiz.
-Menchi?
-Senga nima bor. Og'iroyoq bo'lib, nim qilasan ko'chada?
-Kamron aka, xo'p deng. Oxirgi marta.
-Bo'pti. Hammelar tayyorlanila! Hozir boraman.
Go'shakni qo'yarkanman, hayolan Nargizani kulishini o'ylayman. Men ham kulaman.
Inson har doim o'zi sevganga mexribon, o'zini sevganga esa bee'tibor bo'larkan. Siz ham o'ylab ko'ring. Sizni sevganga e'tiborsiz bo'lmang. Keyin afsuslanasiz. Unda kech bo'ladi. Men ham avval shunday edim. Ammo hayot meni ko'zimni erta ochdi. Onam, ayolim, bolalarim. Bular mening Mehribonlarim.